“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:47
ЎЗO‘Z

Uzcard va YuNISTRIM hamkorlikda pul o‘tkazmasini amalga oshiruvchi yangi xizmat turini taqdim etdi

17 iyul, 18:10 3 152 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uzcard va YuNISTRIM hamkorlikda pul o‘tkazmasini amalga oshiruvchi yangi xizmat turini taqdim etdi Uzcard kartalari hamda Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalari YuNISTRIM xalqaro tizim orqali pul o‘tkazmalarini qabul qiladi.

Shu kunlarda YuNISTRIM xalqaro pul o‘tkazmasi tizimini O‘zbekiston Respublikasida joriy etilishiga doir kelishuvga erishildi. Unga binoan, Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga Rossiya Federatsiyasi hamda MDH davlatlaridan pul o‘tkazmasini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

YuNISTRIM tizimi orqali xalqaro miqyosda pul o‘tkazmasini amalga oshirish xizmatining qulayliklari quyidagilar:

- Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga bir zumda pul o‘tkazmasini amalga oshirish mumkin;
- Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga komission to‘lovlarsiz pul o‘tkazmasini amalga oshirish mumkin;
- YuNISTRIM xalqaro tiziminig xizmatlari bank va savdo shahobchalarida onlayn-tartibda mijozlar e’tiboriga havola etiladi.

“Uzcard va YuNISTRIM o‘rtasida hamkorlikka erishilgani, karta egalari uchun onlayn-tartibda pul o‘tkazmalarini qabul qilish imkoniyatini yaratdi. Endilikda, pul o‘tkazmasini qabul qilish uchun bankga borish ehtiyoji qolmadi. Pul mablag‘ini yuboruvchi shaxs Uzcard kartasining raqamini va egasining ism, sharifini bilishi kifoya. Dollar, yevro va rubl pul birliklarini yuborish jarayoni komission to‘lovlarsiz amalga oshiriladi hamda avtomatik ravishda so‘m pul birligimizga konvertatsiya qilinadi”, – deb ta’kidlaydi YaUPM Bosh direktora Maxmudov Axror.

YuNISTRIM xalqaro pul o‘tkazmasi tizimi 2001 yildan boshlab o‘z faoliyatini olib boradi va Rossiya Federatsiyasida yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. YuNISTRIM tizimi orqali onlayn-tartibda hamda mobil ilova orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bugungi kunga kelib, 300 dan ortiq bank hamda chakana savdo tarmoqlari ushbu tizim xizmatlarini mijozlarga havola etib kelmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 226
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 507
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar