“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:30
ЎЗO‘Z

Libra nima? Facebook’ning raqamli valyutasi dunyodagi yirik tashkilotlardan biriga aylanishi mumkin

15 iyul, 11:50 2 557 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Libra nima? Facebook’ning raqamli valyutasi dunyodagi yirik tashkilotlardan biriga aylanishi mumkin The Economist Facebook kompaniyasi o‘zining raqamli valyutasini chiqarishi va dunyodagi yirik moliyaviy tashkilotlardan biriga aylanishi mumkinligini aytmoqda.

So‘nggi yillarda bitkoynlarning o‘sishi yoki Facebook shaxsiy ma’lumotlarning qayta ishlanishi uchun hujum qilganini kuzatganlar ijtimoiy tarmoqlar giganti shaxsiy raqamli valyutasini chiqarayotganini ko‘rib ehtimol hayron bo‘lgandir. Biroq Libra ana shunday raqamli valyuta. Facebook kelasi yilning birinchi yarmida o‘z valyutasini chiqaradi. Agar bari rejadagidek ketsa, Libra Messenger hamda WhatsApp firmalari, shuningdek raqobatlashuvchi ilovalarda sotiladi, saqlanadi, yuboriladi va qabul qilib olinadi. Smartfon tugmasining bosilishi yuboruvchi va oluvchi sayyoraning turli mamlakatlarida bo‘lgan taqdirda ham pulni qo‘ldan-qo‘lga bir zumda o‘tishga majbur qiladi.

Mohiyatan, Libra mavjud to‘lov tizimlarini takroran kashf etish va bitkoynlarni yaxshilashga bo‘lgan intilishdir. Bitkoynlar bilan amalga oshiriladigan tranzaksiyalar daqiqalar davomida amalga oshirilib, bir necha dollar tursa, Libra esa bir necha soniyalar davomida arzimas komissionlar evaziga harakatlanadi. Bitkoynlarning narxi juda o‘zgaruvchan bo‘lgan bir paytda Libra’ning tebranishlari minimal bo‘ladi. Chunki u valyutalar savatiga mahkamlanadi. Bitkoynlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar 1000 kVt-soatdan ko‘proq hisoblash energiyasini talab etsa, Libra tranzaksiyalari kredit kartalari bilan amalga oshiriladigan tranzaksiyalardan ko‘p quvvat sarflamaydi.

Libra foydalanuvchilar real pulga tangalar sotib olganidagina yaratiladi. Bu oqim valyutani qo‘llab-quvvatlaydigan zaxirani hosil qiladi. Foydalanuvchilarga valyutani yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi “xamyon”, dasturiy xizmatlar yetkazib beruvchilari milliy qoidalarga amal qilishlari kerak bo‘ladi.

Facebook’ka moliyaviy ishlar bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishi haqida qayg‘uradiganlar uchun firma Libra borasidagi qarorlar qabul qilinishi jarayonini detsentralizatsiya qiladi. Uning institutsional yuragi – moliyaviy firmalar va notijorat guruhlardan iborat tashkilotlar. Ularning asosiy vazifasi – blokcheyn, Libra tangasi kimga tegishli ekani haqidagi ma’lumotlar bazasini kuzatishdan iborat. Valyuta chiqarilishi vaqtida ushbu assotsiatsiyada 100 ta a’zo bo‘lishi, ularning har biri blokcheyning bir tugunini boshqarishi taxmin qilinmoqda.

Valyuta Facebook’ning 2,4 mlrd foydalanuvchilariga taklif etiladi, biroq samarali harakat uchun Libra ko‘plab korxonalar tomonidan qabul qilinishi kerak. Assotsiatsiya odamlar valyutadan foydalanish va yangi valyutani ushlab qolishi uchun “qo‘llab-quvvatlash dasturlari”, asosan subsidiyalarni amalga oshiradi. U har bir a’zo tomonidan to‘lanadigan badallar evaziga moliyalashtiriladi. Facebook hamyonlarning yagona yetkazib beruvchisi bo‘lmaydi.

Biroq assotsiatsiya Facebook tomonidan Libra to‘lovlarini amalga oshirish uchun asos solingan Calibra sho‘’ba korxonasi boshqa firmalar oldida adolatsiz afzallikka ega bo‘lmasligini ta’minlashi lozim. Facebook’ning o‘zi esa Xitoydagi ikki internet giganti WeChat va Alibaba kabi bir necha moliyaviy xizmatlar to‘plamini ishlab chiqsa kerak.

Ko‘p narsa silliq kechmasligi mumkin. Ishchi prototip hali sinab ko‘rilmagan. Facebook haqiqatan ham nazoratni rad etishni istayotganini isbotlashi kerak. Libra va boshqa kriptoloyihalar o‘rtasidagi adolatli raqobat borasidagi hadiklar saqlanib qoladi. Har qanday muvaffaqiyat muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar har bir g‘arb omonatchisi o‘zining jamg‘armalari o‘ndan bir qismini Libra’ga o‘tkazganida uning zaxira fondi 2 trln dollardan ortiq bo‘lar edi, bu esa Apple’ning bozor kapitalizatsiyasidan deyarli ikki marta ko‘p deganidir.

Agar Facebook foydalanuvchilari Libra’ni xaridlarni amalga oshirish va pul o‘tkazmalari uchun qabul qilishsa, u dunyodagi yirik moliyaviy tashkilotlardan biriga aylanishi mumkin. Bu esa hukumatlarning iqtisodiy suvereniteti pasayishiga olib keladi. Natijada hukumatlar Libra’ni bloklash vasvasasiga tushishi mumkin. Libra’ning moliyaviy tizimga ta’siridan hadiksirash kerakmi yoki yoki ma’qullashmi? Bu aniq emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 143
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar