“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:47
ЎЗO‘Z

Avtomobillardagi yong‘inni 30 soniyada o‘chiradigan maxsus texnika ixtiro qilindi (foto)

30 мая, 20:33 4 168 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobillardagi yong‘inni 30 soniyada o‘chiradigan maxsus texnika ixtiro qilindi (foto) So‘nggi yillarda fuqarolarning transport vositalariga ruxsat etilmagan yoki sinov muddati o‘tib ketgani gaz balonlarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatishi oqibatida avtomobillarda gaz balonlarining portlash holatlari sodir bo‘lmoqda, deb xabar berdi Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Bunday vaziyatlar ro‘y berganda tezlik bilan yong‘inni o‘chirish maqsadida Navoiy viloyati FVB YoXB xodimlari tomonidan maxsus yong‘in o‘chirish texnikasi ixtiro etildi. Ushbu maxsus texnika statsionar hisoblanib, avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shahobchalarida hamda avtoturargohlarda o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Foto: Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati
Vazifasiga ko‘ra yong‘in sodir bo‘lgan yengil avtomobilga kiydiriladi va 1000 gradusga chidamli qoplama bilan o‘rab olinadi hamda ko‘pik hosil qiluvchi modda aralashmasi sepiladi. Maxsus texnikaning o‘zi bilan birga 80 litr hajmda ko‘pik aralashmasiga mo‘ljallangan sisternasi mavjud bo‘lib, doimiy suv manbasiga ulangan holda bo‘ladi.

Maxsus texnikaning uzunligi 4,5 metr balandligi va eni 2 metrdan iborat. Ushbu qurilmaning yana bir afzalligi uni bir kishi boshqaradi va 30 soniya ichida yong‘in o‘chiriladi. Ushbu qurilmani o‘lchamiga moslab og‘irligi 8 tonnagacha bo‘lgan avtomobillardagi yong‘inni o‘chirish uchun ham ishlatish mumkin.

Navoiy viloyati FVB tomonidan kelgusida ham maxsus texnikalar, o‘t o‘chirish va qutqarish anjomlarining taktik-texnik xususiyatlarini takomillashtirish, sohada innovatsion yangiliklarni qo‘llash rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 132
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 241
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 509
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar