“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:57
ЎЗO‘Z

Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi (video)

17 мая, 19:48 3 808 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi (video) Germaniyaning Lilium startap kompaniyasi besh o‘rindiqli uchar taksini namoyish qildi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, bu dunyoda birinchi tadqiqot. Lilium vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda qurilma sinovdan o‘tkazildi: o‘zi mustaqil havoga ko‘tarildi, havoda turib, yerga qo‘ndi.

Uchar taksini 36 dona elektr motor harakatga keltiradi. Bu vertikal tarzda ko‘tarish va qo‘nish imkonini beradi. Qurilma soatiga 300 kmni bosib o‘tishi mumkin.

Bir nechta kompaniyalar bunga o‘xshash qurilmalarni sinovdan o‘tkazishgandi, biroq ulardan hech biri bortiga ikkitadan ortiq odamni olish imkoniyatiga ega bo‘lmagandi.

“Biz har doim o‘rindiqlar sonini beshtaga yetkazishga harakat qilgandik – bu yanada ko‘proq sayohlar uchun osmonni ochib beradi”, - deydi Lilium asoschilardan biri Deniyel Vigand.

Endi qurilma yana bir necha sinov parvozlarini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Lilium kompaniyasi 2020 yil o‘rtalarida bu modellarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga umid qiladi.

Uchar taksilar Airbus, Uber boshqa startap kompaniyalar tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ushbu transport vositasining tarafdorlarining so‘zlariga ko‘ra, uchar taksilar shahar aholisi harakatchanligini oshirib, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar