“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:43
ЎЗO‘Z

Facebook endi reklama ko‘rganingiz uchun sizga pul to‘laydi

07 мая, 00:28 3 540 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook endi reklama ko‘rganingiz uchun sizga pul to‘laydi Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq ham o‘z kriptovalyutasini ishlab chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endilikda The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga tayangan holda bu ma’lumotni tasdiqlagani haqida Terabayt.uz nashri xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur loyiha Project Libra deb nomlangan va uning ustida ish boshlanganiga bir yildan oshgan. Facebook o‘z to‘lov tizimi uchun «steyblkoin» nomli kriptovalyutani qo‘llamoqchi va boshqalaridan farqli tarzda, uning kursi oddiy valyutaga bog‘langan bo‘ladi. Natijada uning qiymati ham boshqa kriptovalyutalarga nisbatan barqaror bo‘ladi.

Steyblkoin barqarorligini esa investitsiyalar ta’minlashi ko‘zda tutilgan: Facebook bu loyihaga taxminan 1 milliard dollar mablag‘ kiritmoqchi. Kompaniya allaqachon Visa, Mastercard hamda First Data to‘lov operatori bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xo‘sh, kriptovalyuta Facebook’ka nega kerak bo‘lib qoldi? Gap shundaki, kompaniya to‘lovlarda ushbu kripto-pullarni qabul qilishlari uchun savdo maydonchalari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda. Bunda mazkur to‘lov tizimidan foydalanganliklari uchun sotuvchilar odatdagi 2–3 foizdan ko‘ra kamroq komissiya haqi to‘laydilar.

Shu bilan birga, Facebook’ning faol foydalanuvchilarini ham kriptovalyuta bilan rag‘bailantirish ko‘zda tutilgan. Masalan, ijtimoiy tarmoqdagi reklamalarni ko‘rganingiz, unda xaridlar amalga oshirganingiz uchun steyblkoin olishingiz mumkin bo‘ladi.

Ammo mazkur tizimning qachon ishga tushirilishi hozircha aniq emas, Facebook bu boradagi rejalarini sir tutmoqda. Kompaniyaning blokcheyn-loyihalar uchun mas’ul bo‘limi vakili mazkur ma’lumotni izohlashdan bosh tortgan va: «Ko‘plab boshqa kompaniyalar kabi, Facebook ham blokcheyn texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning turli usullarini o‘rganmoqda», degan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar