“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 15:41
ЎЗO‘Z

Smartfonlarning yana bir xavfli jihati aniqlandi

29 yanv, 09:56 8 804 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Smartfonlarning yana bir xavfli jihati aniqlandi Xalqaro olimlar guruhi uyquga ketishdan oldin smartfondan foydalanuvchi bolalarda uyqu chala boʻlishi va semirish xavfi oshishi hamda xavotirlilik kuchayishini aniqlashdi. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.

Mutaxassislar 11-12 yoshdagi 6616 bolani oʻrganishda olingan maʼlumotlarni tahlil qilib chiqishdi. 70 foizdan koʻproq bola kechki uyqudan oldin kamida bir soat smartfon yoki ekrani bor boshqa qurilmadan foydalanishini aytgan. Soʻrov davomida bolalar bu vaqtda xonadagi yorugʻlik, qancha soat uxlashlari va uxlamasliklari, uxlash bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekish-chekmasliklari haqidagi maʼlumotlarni ham koʻrsatishgan.

Aniqlanishicha, chirogʻi yoqilgan uyda smartfondan foydalangan yoki televizor koʻrgan bolalar 31 foiz koʻproq yomon uxlashgan. Bu ishni qorongʻida qilgan bolalarda uyqu buzilishi ehtimoli 147 foizga koʻtarilgan. Shuningdek, meʼyorida boʻlmagan uyqu immunitet pasayishi, tushkunlik, xavotirlilik va semirish bilan bogʻliqligi koʻrsatilgan.

Baholashlarga koʻra, dunyoda 90 foiz oʻsmirlar kuniga tavsiya qilingan 11 soatdan kamroq uxlashadi va mutaxassislar buni gadjetlar tarqalgani bilan tushuntirishmoqda. Buyuk Britaniyaning oʻzida 12 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 98 foizi televizor koʻrar, 90 foizdan koʻprogʻi smartfondan foydalanar ekan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 138
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 291
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 101
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 521
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 0
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 0
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Bo‘limlar