“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:10
ЎЗO‘Z

Beeline yangi halqaro to‘lov tizimini ishga tushirdi

16 dek, 18:14 12 445 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Beeline yangi halqaro to‘lov tizimini ishga tushirdi Beeline va “VыmpelKom” OAJ (Rossiyada Bilayn brendi) “Bilayn puli” to‘lov tizimi doirasida mijozlararo mobil telefon xisobini to‘ldirish yangi tizimi ishga tushirilgani haqida e’lon qilishmoqda.

Endi “Bilayn”ning rossiyalik mijozlari Beeline O‘zbekiston abonentlaro bo‘lmish o‘z yaqinlarining hisoblariga komissiyasiz pul o‘tkaza olish imkoniga egadirlar. 100 dan 15 000 rublgacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ni Beeline mijozlari o‘zlarining rossiyalik raqamlari orqali dunyoning istalgan nuqtasidan o‘tkazishlari mumkin. Buning uchun “Bilayn puli” to‘lov tizimining sahifasiga kirish (“Hisobdan to‘lash” bo‘limi), yoki 7878 raqamiga to‘ldirilishi zarur bo‘lgan mablag‘ni rubl ko‘rinishida yozib SMS yuborish lozim.

Mablag‘lar Beeline O‘zbekiston dollarlik xisobiga o‘tkaziladi. Valyuta konvertasiyasi Rossiya Federasiyasi Markaziy Bankining to‘lov amalga oshirilayotgan kunidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Konvertasiya chog‘ida qo‘shimcha +2% echib olinadi. Pul o‘tkazish komissiyasiz. “Beeline O‘zbekiston” raqamiga pul o‘tkazgan abonent hisobidan komissiya echib olinmaydi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Mazkur xizmat Beeline servisi darajasini yanada oshirish, shu bilan birgalikda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga qaratilgan. Onlayn-to‘lovlardan foydalanishning osonligi va texnologikligi ularning keng ommabopligi va mijozlarimiz ishonchini ta’minlaydi, shuning uchun biz bu yo‘nalishda amalga oshirilgan har bir qadamni qo‘llab-quvvatlaymiz”.

“Mijozlarimiz o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan doimo aloqada qolishlari uchun yana bir imkoniyat – o‘z mobil telefonlaridan “Beeline O‘zbekiston” raqamiga mablag‘ o‘tkazish imkonini yaratdik. Biz uchun xizmatlarning osonligi va qulayligi muhim, shuning uchun pul o‘tkazish jarayonida komissiya yo‘q”, – deydi OAJ “VыmpelKom” moliyaviy dastur va servislarni rivojlantiruvchi direktor Aleksandr Saxarov.

Xizmat haqida batafsil ma’lumot www.beeline.uz va www.beeline.ru saytlarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 100
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar