“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 17:02
ЎЗO‘Z

"Humo" to‘lov tizimi 2019 yil boshidan ishga tushadi

30 noya, 17:56 5 952 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Humo" to‘lov tizimi 2019 yil boshidan ishga tushadi O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi – "Humo" 2019 yil yanvar-fevral oylarida ishga tushadi. Bu haqda 30 noyabr kuni Markaziy bank (MB) raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov O‘zbekiston bank sektoriga bag‘ishlangan "Taraqqiyot tamoyillari" teleko‘rsatuvida ma’lum qildi.

Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, MB yangi to‘lov tizimi uchun mustaqil ravishda terminallar hamda bankomatlarni sotib oladi.

"Biz tijorat banklariga yangi terminallar va bankomatlar sotib olishni yuklamaslikka qaror qildik. Markaziy bankning o‘zi terminallarni sotib oladi hamda yangi plastik kartalarni beradi. Shuningdek, yangi terminallar VISA va Master Card kabi xalqaro kartalarni ham qabul qiladi. Bundan tashqari, UzCard to‘lov terminallarida ham "Humo" plastik kartalari ishlaydi. Hech qanday muammolar bo‘lmasligi kerak", deydi Timur Ishmetov.

Qayd etish joizki, 29 noyabr kuni humocard.uz domeni O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan. "Humo" to‘lov tizimining rasmiy sayti aynan mana shu sayt bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, sentyabr oyining oxirida O‘zbekiston prezidenti mamlakatda Milliy protsessing markazini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkandi. Ushbu qarorga yangi to‘lov tizimini yaratish ham kiritilgandi.

Mazkur qaror UzCard to‘lov tizimida joriy yilning 15 sentyabrida yuzaga kelgan texnik nosozliklardan so‘ng qabul qilingan. Oldinroq, Markaziy bank yangi milliy to‘lov tizimining nomini aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra, yangi to‘lov tizimi "Humo" deb nomlangan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 49
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 87
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 161
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 1
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Bo‘limlar