“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:59
ЎЗO‘Z

BlackBerry’ning yangi QWERTY-smartfoni Yevropada sotuvga chiqariladi

01 noya, 12:07 3 380 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
BlackBerry’ning yangi QWERTY-smartfoni Yevropada sotuvga chiqariladi Hozirda BlackBerry smartfonlari bilan shug‘ullanayotgan Xitoyning TCL Communication kompaniyasi yangi BlackBerry KEY2 LE smartfoni uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bu iyun oyida namoyish etilgan BlackBerry KEY2 smartfonining soddalashtirilgan va arzonroq versiyasidir.

Android 8.1 Oreo operatsiyasi tizimi ostida ishlaydigan BlackBerry KEY2 LE smartfonining bir SIM-kartali, xotirasi 32 gigabaytga teng bo‘lgan versiyasi 399 yevrodan taklif qilinmoqda. Ikki SIM-kartali 64 gigabaytlik versiyasi narxi 429 dollar.

BlackBerry KEY2 LE smartfoni QWERTY-klaviaturasi qurilmaning o‘ziga o‘rnatilgan form-faktor monoblok ko‘rinishida chiqarilgan. Orqa panelida qo‘shkamera mavjud, barmoq izi skaneri esa space (probel) tugmasiga integratsiya qilingan.

Smartfonga tasvir aniqligi 1620x1080 piksel bo‘lgan 4,5 dyuymlik sensor displey, 13+5 megapiksellik asosiy kamera va 8 megapiksellik frontal kamera o‘rnatilgan.

Qurilma Qualcomm Spandragon 636 protsessorida ishlaydi, operativ xotirasi 4 gigabayt va flesh-xotirasi 32 yoki 64 gigabayt bo‘lib farqlanadi. Akkumulyatori sig‘imi 3000 mAs. O‘lchamlari 150,25 x 71,8 x 8,35 mm, og‘irligi — 156 gr.

Qurilma ikkita SIM-kartani (qimmatroq versiyasi), 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5 LE, GPS, NFC texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, FM-radiosi, USB Type-C porti va quloqchin uchun 3,5 millimetrlik tuynugi bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 103
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar