“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:46
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda "Facebook" va "YouTube" bilan bog‘liq muammolarning ehtimoliy sabablari ma’lum qilindi

19 okt, 13:00 4 082 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda "Facebook" va "YouTube" bilan bog‘liq muammolarning ehtimoliy sabablari ma’lum qilindi O‘zbekistonda "Facebook" va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga kirish, "YouTube" videoxostingidan foydalanish bilan bog‘liq muammolar tashqi internet-kanal sig‘imini kengaytirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov 18 oktyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida “Gazeta.uz” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz internet tezligini oshirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilishini yakuniga yetkazyapmiz”, – dedi Olimjon Umarov.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil boshida mamlakatda internet tezligini bir necha bor oshirish haqida ko‘rsatma bergan edi. AKT sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan 19 sentyabrdagi yig‘ilishda davlat rahbari ushbu topshirig‘ini yana bir bor eslatib o‘tdi.

AKT vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, internet tezligini oshirish yo‘lida qilingan ishlar “samarasini fuqarolarimiz noyabr oyi oxirida ochiq-oydin his qilishadi”. “Ayni vaqtda zarur apgreyd uchun bir qator uskunalar sotib olinmoqda. Texnik uzilishlar mazkur uskunalarni sinovdan o‘tkazilishi, aprobatsiyasi, ularni sozlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, – dedi Olimjon Umarov.

O‘zbekistonda sentyabr va oktyabr oylarida "Facebook" ijtimoiy tarmog‘iga kirish, undan foydalanish bo‘yicha tez-tez muammolar yuzaga keldi. Oktyabr oyi boshidan boshlab esa "YouTube" videoxostingidan foydalanishda ham o‘xshash muammolar yuzaga kela boshladi. "Facebook" bilan bog‘liq holat yuzasidan vakolatli organlar o‘z vaqtida “bizning aloqamiz yo‘q” degan mazmunda izohlar berilgan bo‘lsa-da, "YouTube' bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha shu vaqtgacha biror rasmiy tushuntirish berilmagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 86
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar