“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:12
ЎЗO‘Z

Oʻzbekiston AQSH va Yevropadan zamonaviy yoʻlovchi vertolyotlarini sotib olishi mumkin

19 okt, 16:28 3 352 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekiston AQSH va Yevropadan zamonaviy yoʻlovchi vertolyotlarini sotib olishi mumkin “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK URALHELICOM kompaniyasi direktori Aleksey Mixaylov bilan zamonaviy vertolyotlarni sotib olish masalasini muhokama qildi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar Robinson Helicopter Company (AQSH) va Airbus Helicopters (Fransiya, Germaniya) ishlab chiqaruvchilarining yoʻlovchi vertolyotlarini yetkazib berish sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

A.Mixaylovning aytishicha, uning kompaniyasi yoʻlovchi tashuvchi, sanaviatsiya, qidiruv-qutqaruv, hududlarni patrul qilish, havo ekskursiyasi uchun vertolyotlarni sotib olishni tashkil etish, ularni yetkazib berish, foydalanishda texnik koʻmak berish hamda servis xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

“Yuqorida nomi aytib oʻtilgan ishlab chiqaruvchilarning koʻp maqsadli yengil vertolyotlari dunyoda eng mashhurlari boʻlib, oʻzining ishonchliligi va qulayligi sharofati bilan sotilishi boʻyicha ham yetakchidir. Milliy aviakompaniya rahbariyati kompaniya taklifiga qiziqish bildirib, uni koʻrib chiqishga tayyor ekanligini aytdi”, - deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, URALHELICOM(“Ural vertolyot kompaniyasi”) Amerikaning Robinson Helicopter Company hamda Airbus Helicopters (Eurocopter) kompaniyalarining Rossiyadagi rasmiy dileri hamda distribyuteri hisoblanadi.

Mazkur kompaniya AQSH va Yevropadan Rossiya hamda MDHga aʼzo boshqa davlatlar hududlarida xorij vertolyotlarini sotib olish, foydalanish boʻyicha kompleks xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 142
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar