“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:44
ЎЗO‘Z

Kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

05 avg, 12:57 4 670 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi «Ehtimol, eshitgan bo‘lsangiz kerak, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) kompyuter o‘yiniga tobe’likni kasallik, deb hisoblamoqda. Bu gapni eshitib, hazil iboralar hayolingizga kelsa kerakda: «Bizning PUBG/«Tank» o‘yini ishqibozi bemorimiz qayerda?». Hazil emas, bunday bemorlarni hozirdanoq majburan davolashmoqda. Bir kun kelib oq halatlilar sizni kompyuter o‘yinlari sababli klinikaga olib ketgani kelsa, buning hech hayron qoladigan joyi yo‘q. Ayrim mamlakatlarda shunday qilishayapti ham», — deb yozmoqda «Terabayt.uz».

JST kompyuter o‘yiniga berilishni rasman kasallik deb tan oldi. Xo‘sh nima uchun bunday qarorga kelindi?

Tashkilot tarqatgan ma’ruzada ta’kidlanadiki, o‘yin ishqibozlari o‘yin chastotasini, seansning boshlanishi va tugashini, davomiyligini nazorat qila olmay qoladi. «O‘yinga berilish» diagnozi kishida bir yil mobaynida shunday hayot tarzi kuzatilsa qo‘yiladi va bu kishiga boshqa sohalardagi faoliyatida halaqit beradi. Dunyo bo‘yicha ushbu muammoga juda jiddiy qaralmoqda. Masalan Londondagi kasalxonalarning birida yaqinda tarmoqlar kasalligiga yo‘liqqanlarga mo‘ljallangan narkologiya markazi ochildi. U yerda kompyuter o‘yinlariga berilgan bemorlarni davolash bilan shug‘ullaniladi.

Bilasizmi, Xitoyda 350 million nafar geymer bor, bu AQSh aholisidan ham ko‘p, degani. Xitoy hukumati ushbu muammoni «uchinchi opium urushi» deb atamoqda.

Xitoylik ota-onalar o‘smirlarning o‘yinga tobeligini turli yo‘llar bilan davolashga harakat qilmoqda. U yerda og‘ir mehnat qildirib davolaydigan tarbiyaviy muassasalar juda ommalashib bormoqda.

O‘yinga tobe’likga qarshi kurashda yana bir o‘ziga xos chora, bu xakerlarni yollashdir, deyiladi xabarda. Masalan, xakerlar zamonaviy onlayn-o‘yinlarda mavjud bo‘lgan virtual mukofotlarni o‘chirib yuboradi va geymerning hafsalasini pir qilib, uni o‘yindan sovutishga harakat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 65
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 105
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 155
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar