“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:59
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

21 mar, 14:30 4 538 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev mamlakatga iqtisodiyotning turli sohalaridagi investitsion imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasining delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiyaga kompaniya prezidenti Den Petterson boshchilik qilmoqda.

Muzokaraning asosiy mavzusi blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish masalasi bo‘ldi. Ushbu texnologiyalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotidagi yangi va istiqboli porloq yo‘nalish bo‘lib, taraflar mazkur texnologiyalar rivojlanishining oxirgi tendensiyalari yuzasidan fikrlashishdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu texnologiyani faol qo‘llab kelmoqda. 2018 yil 1 iyundan boshlab Blokcheyn va bo‘lingan reyestr texnologiyalari bo‘yicha kompetensiya markazi tashkil etiladi. Markazning asosiy vazifalari kadrlar, ya’ni ishlab chiquvchi mutaxassislar, loyiha menejerlari, davlat xizmati amaldorlari, o‘qituvchilarning malakasini oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, mehmonlar yaqinda tashkil etilgan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» informatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash innovatsion markazi faoliyati bilan ham tanishtirildi.

Investitsiyalarni boshqarishga ixtisoslashgan «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasi 2004 yili Tennessi shtatining Memfis shahrida tashkil etilgan. Den Patterson «Merrill Lynch» xususiy mijozlar guruhida o‘n yildan ko‘proq ishlaganidan so‘ng «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasiga asos solgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 222
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 56
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 505
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar