“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:57
ЎЗO‘Z

DIQQAT: ushbu kompaniyalarning BARCHA smartfonlariga boshidanoq xavfli virus joylangan!

06 mar, 00:33 5 048 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DIQQAT: ushbu kompaniyalarning BARCHA smartfonlariga boshidanoq xavfli virus joylangan! Rossiyaning Dr.Web antivirus kompaniyasi uncha yaxshi tanilmagan ayrim xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlarini tekshirib ko‘rdi. Natija ular xavfsiraganidek bo‘lib chiqdi – yap-yangi telefonlarga boshidanoq xavfli troyan virus joylangan ekan!

Xabarga ko‘ra, ziyonkor dasturiy ta’minot Doogee, Leagoo, Cubot, Uhans, Prestigio, Zopo va yana bir nechta kompaniyalarning smartfonlari proshivkasiga kiritilgan ekan. Mazkur troyan avtomatik ravishda, qurilma egasiga bildirmasdan begona dasturlarni olib o‘rnatadi. Bu bilan ular foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga kirish uchun kiberjinoyatchilarga yo‘l ochib beradi.
Dr.Web ekspertlarining ta’kidlashlaricha, bunday imkoniyatni smartfonsozlar o‘z mahsulotlariga atayin kiritishgan, zero, troyanlar ularning barcha telefonlariga proshivka darajasida joriy etilgan. Mutaxassislar bu kompaniyalar smartfonlaridagi libandroid_runtime.so tizim kutubxonalarining dastlabki kodida Android.Triada.231 nomli virus mavjudligini aniqlashgan.

Hammadan qizig‘i – smartfonsoz kompaniyalarning dasturchilari hatto ushbu ziyonkor dasturni himoyalash mexanizmini ham tatbiq etishgan. Ya’ni, foydalanuvchi o‘z telefonidan mazkur troyanni o‘chirib yubora olmaydi. Undan qutulishning yagona yo‘li – root-huquqini qo'lga kiritish, so‘ng esa mustaqil tarzda barcha zararlangan fayllarni aniqlab, birma-bir o‘chirib tashlashdir.

Dr.Web ekspertlarining xabar berishlaricha, hozirda xavfli Android.Triada.231 troyani xitoylik smartfonsozlarning qirqdan oshiq modellardagi devayslarida mavjud.

Eng ko‘p modellarida troyan joylangan ishlab chiqaruvchi Leagoo bo‘lib chiqdi – uning barcha qurilmalarida virus mavjudligi aniqlandi! Demak, arzon narxiga uchib smartfon buyurtma qilishdan avval, mana shu jihatlariga ham e’tibor qaratish kerak ekan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar