“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:28
ЎЗO‘Z

Qo‘ldan ikkinchi ekran sifatida foydalanadigan “aqlli” soat yaratildi

05 mar, 22:50 4 949 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘ldan ikkinchi ekran sifatida foydalanadigan “aqlli” soat yaratildi Qo‘l yuzasiga ma’lumotlar tasvirini tushirgan holda undan foydalanish imkoniyatini beradigan noodatiy soat yaratildi, deb yozadi “Xabar.uz”.

“Aqlli” soatlarning kengaytmasi qanchalik yuqori bo‘lmasin, istalganicha ma’lumotlarni joylashtirishning imkoniyati yo‘q. Bu kabi muammoga “Haier” kompaniyasi MWC 2018 ko‘rgazmasida orginal yechim taqdim etdi. Kompaniya o‘zining “Asu” modelidagi soatiga mini-proyektorni joylashtirdi. Uning yordamida ma’lumotlar tasvirini qo‘lga uzatish mumkin.

“Asu” kvadrat displeyga ega bo‘lib, proyektor sabab biroz chapga surilgandek. U qo‘l yuzasiga 854 x 480 nuqtali tasvirni chiqarib beradi.

Soatlar foydalanuvchining turli xatti-harakatlarini tushunadi, bu orqali esa uning interfeysini boshqarish mumkin. Foydalanuvchi biror-bir elementni tanlashi uchun soat ekraniga shunchaki teginishning o‘zi kifoya. Shuningdek, proyektor soat ekraniga chizgan narsangiz suratingizni ham chiqarib beradi.

“Asu”ga 1 gigabayt tezkor xotira va LTE moduli o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida osongina qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va internetga ulanish mumkin. Fitnes-datchiklar qatoridan akselerometr, giroskop va pulsometr o‘rin olgan. Bundan tashqari ixtirochilar soatga musiqalarni yozib olish uchun GPS modulini ham o‘rnatgan.

Hozircha “Haier”ning narxi e’lon qilinmadi, biroq taxminlarga ko‘ra u 150 dollar atrofida bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 294
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 526
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar