“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:29
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 12 volt elektr energiyasini 380 voltga aylantirib beradigan qurilma yaratildi

21 fev, 17:35 7 423 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 12 volt elektr energiyasini 380 voltga aylantirib beradigan qurilma yaratildi 12 volt elektr energiyasidan 220 yoki 380 volt quvvat olish mumkinmi? Buning iloji yo‘q, deyishga shoshilmang. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Abdinazar Nurmatov tomonidan yaratilgan innovatsion qurilma ana shunday imkoniyati alohida qimmatga ega. Yana bir e’tiborli jihati, u to‘liq muqobil energiya hisobiga ishlaydi.

— Mana, 40 yildan ortiq vaqt o‘tibdiki, ayni shu masala ustida izlanaman, — deydi olim. — Bu esa 11 ixtiroga, 3 monografiya, 100 ortiq ilmiy maqola va tezislarga muallif va hammuallif bo‘lishimga sabab bo‘ldi. Buning samarasi o‘laroq, yaqinda universitetimizning “Materiallar qarshiligi va mashina detallari” kafedrasida orzuimdagi innovatsion ishlanmani yaratishga muvaffaq bo‘ldik.

Shartli ravishda “Quyoshdan — suvbuloq” deb nomlangan qurilma yordamida quyosh nuridan 12 yoki 24 volt elektr energiyasi olinib, uning yordamida 12 volt quvvatda ishlaydigan yer qa’ridan biplanetar uzatmali nasos orqali suv olinadi-da, obihayot 7-8 metr balandlikda to‘nkarilgan konussimon sig‘imda kunduz kuni yig‘iladi. Tunda esa sig‘imdagi suvning oquvchanligidan foydalanib, biplanetar uzatmali mikroGESga yo‘naltiriladi va uning yordamida 220 yoki 380 volt elektr energiyasi hosil qilinadi. Eng asosiysi, bu loyihada odatda ishlatiladigan akkumulyatordan foydalanilmaydi.

Ixtiro muallifining aytishicha, majmua juda sodda bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uni ishlab chiqarish tannarxi 20-40 million so‘m atrofida bo‘ladi. Sarflangan mablag‘ esa atigi ikki yilda qoplanadi.

Innovatsion ishlanmaning afzalligi shundaki, uning yordamida olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholi xonadonlarini nafaqat elektr energiyasi, balki toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish orqali tomorqa xo‘jaliklarini ham rivojlantirish mumkin.

Manba: Xalq so‘zi
Ixtiro muallifi, innovatsion qurilma




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar