“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:25
ЎЗO‘Z

Davlat organlari va byudjet tashkilotlari AKT mutaxassislari maoshiga 100 foiz miqdorida ustama qo‘shiladi

20 fev, 15:45 8 249 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat organlari va byudjet tashkilotlari AKT mutaxassislari maoshiga 100 foiz miqdorida ustama qo‘shiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Hujjatga muvofiq, 2018 yil 1 iyundan davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma rahbarlari har yil yakunlari bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi.

Shuningdek, davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlari uch yilda bir marta vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan o‘tishi belgilandi.

Endilikda ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari vazirlik hamda uning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Davlat organlari, byudjet tashkilotlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 86
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar