“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:11
ЎЗO‘Z

Rossiyada dunyodagi birinchi huquqshunos robot yaratildi

08 fev, 21:55 4 513 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada dunyodagi birinchi huquqshunos robot yaratildi Rossiyalik ixtirochilar dunyoda birinchi bo‘lib huquqshunos robotni yaratdi. U neyrotarmoqlar asosida ishlaydi, rus tilida berilgan savollarni tushunib, bir soniya ichiga unga javob qaytaradi. Robotning xizmati bepul, deb ma’lum qilmoqda «Xabar» nashri.

Ixtirochilarning so‘zlariga qaraganda, mazkur robotning huquqiy sohada boshqa analogi yo‘q. Neyrotarmoq 100 mingdan ortiq foydalanuvchilar so‘rov yuboradigan Rossiyadagi eng katta bazalardan birida «ta’lim olgan».

«Tirik» yurist bir kunda 15—20 ta savolga javob qaytara olsa, ushbu robot minglab murojaatlarni ko‘rib chiqishga qodir. Xususan, ularning barchasini batafsil o‘rganib chiqadi va tekinga xizmat ko‘rsatadi. Murakkab vaziyatlarda esa pulli konsultatsiya uchun huquqshunos-odamga murojaat qilish bo‘yicha tavsiya beradi.

Ayni vaqtda huquqshunos robot iste’molchilar huquqi borasida saytga kelayotgan savollarga javob qaytarmoqda. Mazkur bo‘limdagi 40 foiz savollar maishiy tovarlarni sotib olish bilan bog‘liq.

Agarda biror-bir odam buzilib qolgan smartfon uchun pulini qaytarib olishni istasa, robot bu borada batafsil maslahatni beradi.

Robot-huquqshunosning algoritmini juda tez boshqa sohalarga tatbiq etsa bo‘ladi: banklar, sug‘urta kompaniyalar, davlat organlari. Tez orada robotning iOS va Android versiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 527
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar