“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda internetni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

07 fev, 02:37 5 121 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda internetni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 5 fevral kuni vazirlikda Butunjahon bankining yurtimizga tashrif buyurgan maxsus vakillari guruhi bilan mamlakatimizda "Raqamli Markaziy Osiyo -- Janubiy Osiyo" (Digital CASA) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish masalasi muhokama qilingan.

«Digital CASA» loyihasi Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridagi AKT infratuzilmani rivojlantirish, elektron hukumat uchun tizimlari ishlab chiqarish, raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishni ko‘zlaydi. Uchrashuvda har ikkala tomon «Digital CASA» loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini bayon qildilar.

Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga bog‘laydigan va transchegaraviy telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishga qaratilgan «Digital CASA» hududiy loyihasida O‘zbekiston Respublikasining ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur loyiha dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarga Internet tarmog‘ini yaxshilashga, shuningdek, ushbu mamlakatlarning tranzit salohiyatini oshirishiga xizmat qilishi kutilmoqda, deb yozadi Terabayt.uz sayti.

Digital CASA – CASA-1000 energetika loyihasining analogi bo‘lib, u Markaziy va Janubiy Osiyoni mintaqalarini optik tolali aloqa tarmoqlari bilan bog‘lashni maqsad qilgan. Loyihada O‘zbekiston bilan birga, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston kabi mamlakatlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Loyihadan ko‘zlangan maqsad -- muqobil aloqa tarmoqlari yordamida mazkur mintaqalarni keng polosali tezkor va arzon internetga ulash.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni mamlakatda bu loyihaning amalga oshirilishi natijasida kutilayotgan jihatlar haqida o‘z qarashlarini ma’lum qilgan. Uchrashuvda loyihani ishlab chiqish yuzasidan keyingi rejalar belgilab olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 142
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar