“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:50
ЎЗO‘Z

Google Play: Beeline abonentlarida mobil Internet sifatini o‘lchash imkoni paydo bo‘ldi

18 noya, 17:11 6 920 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Google Play: Beeline abonentlarida mobil  Internet sifatini o‘lchash imkoni paydo bo‘ldi Beeline Mobile Quality Analyzer (MQA) ilovasini Google Play onlayn-do‘konida joylashtirdi. Endi har bir Beeline abonenti Android OT boshqaruvidagi smartfoni orqali dasturni yuklab olib, doimiy ravishda mobil Internetning sifatini o‘lchash imkoniga ega.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning mijozlar tajribasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Beeline - ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash uchun bevosita abonentlarni jalb etgan O‘zbekistondagi birinchi aloqa operatoridir. Biz mijozlarning tanlov-istaklariga mos kelgan ochiq xizmat ko‘rsatish kompaniyasini barpo etmoqdamiz, MQA kabi raqamli echimlar esa mavjud tarmoq qoplami haqida ob’ektiv qayta aloqaga ega bo‘lishga yordam beradi”.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining boshida Beeline O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan Mobile Quality Analyzer taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini tarmoqda monitoring qilish dasturi ishga tushirilgani haqida e’lon qilgan edi. MQA o‘lchov natijalari kelgusi ishlash, hisobotlar, grafiklar va boshqa analitik ma’lumotlar yaratish uchun ma’lumotlar bazasida saqlanib qoladi. Tarmoq holati va drayv-testlar natijalarining ichki monitoring jarayoni ushbu ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi, buning natijasida tarmoqni kengaytirish va samarali rejalashtirish uchun to‘liq analiz yaratib beriladi.

“Mazkur ilovani o‘ziga hosligi shundaki, u avtonom tizimda ishlaydi va balansdagi mablag‘ni sarflamaydi, shu bilan bir qatorda har bir foydalanuvchiga samarali rejalashtirish va tarmoqning operativ xizmat ko‘rsatishi uchun o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi. Bundan tashqari: MQA ilovasini yuklab olib, smartfonga o‘rnatilsa, 0611 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni unutish mumkin, chunki dastur interfeysi call-markaziga so‘rovlar jo‘natishga, keyin esa ular qaysi bosqichda ekanligini dastur orqali kuzatishga yordam beradi” – belgilab o‘tdi Oraz Abdurazakov.

Bepul Mobile Quality Analyzer dasturi Google Play‘da quyidagi havola orqali mavjud https://play.google.com/store/apps/details?id=com.qualinet.asimus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar