“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:36
ЎЗO‘Z

Universitet talabasi Azizjon Ergashev «aqlli issiqxona» qurilmasini yaratdi

01 fev, 08:05 6 375 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Universitet talabasi Azizjon Ergashev «aqlli issiqxona» qurilmasini yaratdi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining elektronika va avtomatika fakulteti 3-kurs talabasi Azizjon Ergashev «aqlli issiqxona» deb nomlangan ixtirosi bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan, deyiladi «O‘zA» xabarida.

U yaratgan qurilma issiqxona ichidagi havo harorati va namligini hamda quyosh yorug‘lik darajasini bir me’yorda ushlab turishga mo‘ljallangan. Qurilmada harorat va namlikni, yorug‘lik darajasini o‘lchovchi maxsus datchiklar mavjud. Agar havo harorati tushib ketsa, isitish pechlari avtomatik tarzda ishga tushadi, agar harorat shunda ham me’yorga kelmasa, ovozli xabar orqali ogohlantiradi. Harorat me’yorda bo‘lganda esa pechlar avtomatik o‘chiriladi. Agar xona harorati me’yordan ortib ketsa, «aqlli issiqxona» oynalarini o‘zi ochadi. Shunda ham harorat oshishi davom etsa, ventilyatsiya tizimi ishga tushib, havoni sovutish jarayoni boshlanadi.

Tuproq namligi pasayganini aniqlagan qurilma avtomatik tarzda sug‘orish ishlarini amalga oshiradi. «Aqlli issiqxona» tomidagi pardalar esa quyosh yorug‘lik darajasi oshganda qo‘l keladi. Barcha ma’lumotlarni qurilma va kompyuter monitorlarida ko‘rib turish imkoni mavjud. Qurilma sodda tuzilgan, o‘zbek tilida ishlab, pult orqali boshqariladi.

– Mazkur ishlanma X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyish etilib, olimlar va ishtirokchilarning e’tiboriga sazovor bo‘ldi, – deydi Azizjon Ergashev. – Shu bois ixtironi joriy yilda amaliyotga tatbiq etish ustida ish olib borilmoqda. Kelajakda mazkur ixtironi yanada takomillashtirib, issiqxonaning barcha ma’lumotlarini mobil telefon orqali ko‘rish va boshqarishni, uning quyosh batareyalari orqali ishlashini ta’minlamoqchimiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 86
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar