“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:57
ЎЗO‘Z

Sun’iy go‘sht qachon sotuvga chiqishi aytildi

28 yanv, 16:15 7 286 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sun’iy go‘sht qachon sotuvga chiqishi aytildi Sun’iy go‘shtning ishlab chiqarilishi Kremniy vodiysidagi bir necha startaplariga sezilarli darajada investitsiyalar keltirdi. Ularning eng mashhurlari - Impossible Foods, Memphis Meat, Beyond Meat va Hampton Creek. Dunyoning eng badavlat kishilari bu startaplarga ishonishgan. Bill Geyts ularning biryo‘la bir nechtasiga sarmoya kiritgan. Hozircha ularning birortasi haqiqiy go‘shtdan farqlab bo‘lmaydigan sun’iy go‘shtni taqdim etgani yo‘q, biroq kuzatuvchilar rivojlanish borligini aytishmoqda: bunday go‘sht arzonlashmoqda, ta’mi esa haqiqiy go‘shtga yaqinlashmoqda.

Ta’kidlash joizki, hozir turli "yashil" va ozuqaviy loyihalar hamda tashabbuslar juda dolzarb. Yer aholisi soni oshib bormoqda, oziq-ovqat ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. 2011 yilda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasidagi iflosliklarning 39 foizi aynan chorvachilikka to‘g‘ri kelayotganini ma’lum qilgan. Shuning uchun "toza" go‘sht ishlab chiqarish g‘oyasi jozibaliroq: u oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi va ekologik vaziyatni murakkablashtirmaydi. Ba’zi mutaxassislar hatto sun’iy go‘sht haqiqiysidan-da samaraliroq, to‘yimliroq ekani va zarari ham kamroq ekanini aytishmoqda.

Biroq bularning bari ommaga taqdim etilmagunga qadar bor-yo‘g‘i gap-so‘z va reklamadir. Dunyo esa hozir shunga yaqin turibdi. Hech bo‘lmaganda, uning g‘arbiy qismi. Cargill, Nestle va Tyson kabi oziq-ovqat korporatsiyalari sun’iy go‘shtga katta qiziqish bildirishmoqda. Ularning fikricha, yaqin 25 yilda jahon go‘sht bozorining taxminan 20 foizi yangi mahsulotdan iborat bo‘ladi.

GlobalData tahlilchisi Kris Loning ta’kidlashicha, 2021 yilda, Memphis Meat startapi bu yo‘nalishda yetakchilikni qo‘lga kiritganida sun’iy go‘sht do‘kon rastalarida paydo bo‘ladi. Bunday prognozga sabab, mazkur startap ortida Bill Geyts, Richard Brenson va Shimoliy Amerikaning yirik go‘sht distribyutori Cargill Meats sarmoyalari turibdi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 95
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar