“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:20
ЎЗO‘Z

Olimlar mobil telefonlarning sog‘liq uchun beziyon ekanligini isbotladi

10 dek, 18:39 7 296 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar mobil telefonlarning sog‘liq uchun beziyon ekanligini isbotladi Mobil telefonlar va elektr uzatish liniyalaridan ajraladigan elektromagnit nurlanish inson sog‘lig‘iga zarar keltirmaydi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti olimlariga tayanib, The Telegraph xabar berdi.

Olimlar mobil qurilmalarning elektromagnit maydonlari bepushtlik va saratonni keltirib chiqarishi, shuningdek bolalarda oqqonlik paydo bo‘lishiga olib kelishi haqidagi gipotezani tekshirib ko‘rishga qaror qildi.

Manchester kimyogarlari kuchsiz magnit maydonining flavoproteinlar — asab tizimini boshqarishda va DNKning qayta tiklanishida muhim rol o‘ynovchi oqsillarga ta’sirini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, nurlanish ularning faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

«Flavoproteinlar elektronlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib o‘tkazadi. Bu yo‘lda ko‘pincha tez parchalanadigan radikal juftliklar paydo bo‘ladi. Ular ishtirokidagi biokimyoviy reaksiyalar elektromagnit nurlanishlar ta’siri ostida zarar ko‘rish uchun nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq odam organizmidagi reaksiya sharoitlari ostida kuchsiz magnit maydonining biokimyoviy ta’siri nulga intiladi», — dedi tadqiqot mualliflaridan biri Aleks Jons.

«Shubhasiz, qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi, biroq bu tajriba bizga elektr uzatish liniyalari, mobil telefonlar va shunga o‘xshash boshqa qurilmalar inson uchun xavfsiz ekanligini etarlicha aniqlik bilan aytish imkonini beradi», — dedi maqolaning yana bir muallifi Nayjel Skratton.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 152
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 532
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar