“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:20
ЎЗO‘Z

Edvard Snouden kuzatuvdan himoyalovchi mobil ilovani taqdim etdi

24 dek, 09:09 5 377 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Edvard Snouden kuzatuvdan himoyalovchi mobil ilovani taqdim etdi AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) sobiq xodimi Edvard Snouden hamda Amerikaning «Matbuot erkanligi» jamg‘armasi (Freedom of the Press Foundation) yangi ilovani yaratishdi. Bu dastur smartfonni kuzatuvdan saqlovchi tizimga aylantira oladi. Bu haqda «Wired» nashriga tayanib «Terabayt» xabar berdi.

Haven deb nomlanuvchi ushbu ilova Android tizimi bazasidagi arzon smartfonlarga o‘rnatishga mo‘ljallangan. Ishlab chiquvchilarning fikricha, bu dastur o‘rnatilgan telefonni egasi o‘z uyida yoki o‘zi joylashgan mehmonxona xonasida qoldirib ketishi lozim. Haven yordamida bu smartfon maxfiy tarzda atrofni videotasvirga tushiradi, ovozlarni yozib oladi va bularni o‘z egasiga yuboradi.

Snouden fikricha, bu usul yordamida xonada egasi yo‘qligida kimdir kirib, tintuv o‘tkazishga, yashirin kamera yoki diktofon o‘rnatishga uringanligini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, begonalar smartfonni ochishga yoki unga josuslik dasturlarini o‘rnatishga urinsa ham Haven dasturi buni aniqlab, egasini ogohlantiradi.

Haven xonaga kirgan begonalarni to‘xtatib qola olmasligini Snouden tan olgan, biroq ilova bu holatni hujjatlashtirib qo‘yishi va fosh etishining o‘zi ham katta gap, degan u. Shu tariqa, bu dastur maxsus xizmatlar vakillarining o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishlariga xalaqit beradi.

Aytish kerakki, Edvard Snouden dastlab AQSh xavfsizlik idorasida ishlagan va chetga qochib ketib, bu muassasaning sirlarini fosh qilgani bilan tanilgan. Unga Rossiyada boshpana berilgan bo‘lib, hozirgacha o‘sha yerda yashaydi. AQShda esa Snoudenga davlatga xiyonat qilganlik aybi qo‘yilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 222
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 56
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 505
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar