“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:05
ЎЗO‘Z

Shanhay davlat kompaniyalari innovatsiya loyihalariga 121 mlrd dollar sarmoya kiritadi

17 noya, 18:46 5 684 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shanhay davlat kompaniyalari innovatsiya loyihalariga 121 mlrd dollar sarmoya kiritadi Xitoyning Shanxay davlat kompaniyalari megapolisda yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish loyihalariga yaqin besh yil mobaynida har yili 800 mlrd yuan (121 mlrd dollar) miqdorida sarmoya kiritadi. Bu haqda “Shanxay jibao” nashriga tayanib “Kun.uz” yozmoqda.

Mablag‘lar yuqori texnologiyalar sohasidagi eng istiqbolli loyihalarga ajratiladi. Bundan tashqari, muqobil energiya manbalari va yangi materiallar bo‘yicha tadqiqot ishlariga sarflanadi. Shuningdek, davlat kompaniyalarining boshqaruv tuzilmalarini optimallashtirish va ularning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha choralar belgilangan, deb yozadi TASS.

Nashrning yozishicha, 2013 yildan beri Shanxay davlat kompaniyalari turli xil tadqiqot innovatsiyaviy loyihalar va rivojlanish ishlariga 110 mlrd yuan (16 mlrd dollar) sarmoya kiritib keladi. Shahar ma’muriyati shu yilning avgust oyida davlat kompaniyalari bilan 220 mlrd yuan (33 mlrd dollar) mablag‘ni 20 foizga oshirishga kelishib olgan. Bu, o‘z navbatida, megapolisni global innovatsiya markaziga aylantirishi kerak.

2016 yili XXR hukumati Shanxayni 2020 yilgacha global innovatsiya markaziga aylantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlagan edi. Bu maqsadga erishish uchun shahar hokimiyati turli choralarni ko‘rmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 142
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar