“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:19
ЎЗO‘Z

Vetnamliklar iPhone X’ning yuzni tanish funksiyasini alday oldilar (Video)

11 noya, 23:26 6 062 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vetnamliklar iPhone X’ning yuzni tanish funksiyasini alday oldilar (Video) Vetnamning kiberxavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi Bkav kompaniyasi mutaxassislari iPhone X smartfonida qo‘llangan, foydalanuvchi yuzini tanish funksiyasi Face ID’ni aldash usulini namoyish qilishdi. Ular bu maqsadda ko‘zlarning ikki o‘lchovli suratlari, silikondan tayyorlangan burun va 3D-printerda bosilgan yuz konturlaridan iborat niqobni yaratishdi.

Kompaniya xodimi Face ID funksiyasida o‘zining yuzi qayd qilingan iPhone X’ni bu niqob yordamida blokdan chiqarishga harakat qilib ko‘rdi va bir urinishda buning uddasidan chiqdi.

Ushbu niqobning aksariyat qismi inson tanasi rangiga xos bo‘lmagan oq rangda ekanligiga kompaniyada tushuntirish berilmagan: ehtimol Face ID faqatgina ko‘z, burun va lab atrofidagi mayda fotodetallarni tadqiq qilishi, yuzning qolgan qismini esa shaklddek qabul qilishi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Kompaniya bu niqobni yaratish jarayonining batafsil bayonini keyinroq e’lon qilishga va’da bergan.

Face ID funksiyasi yangi iPhone X’larda ekranni blokdan chiqarish, to‘lovlarni amalga oshirish va turli, misol uchun, bank va parollar saqlanadigan dasturlarga kirish uchun qo‘llanadi. Sentyabrda iPhone X taqdimotida Apple vitse-prezidenti Fil Shiller kompaniya Face ID texnologiyasini haqiqiy yuzni niqobdan farqlashga o‘rgatish uchun niqob ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va gollivudlik vizajistlar bilan hamkorlik qilgani haqida gapirib o‘tgandi.

Bundan avval ham Face ID bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangandi.

Quyida Face ID’ni shunday aldash usullaridan himoyalashda qo‘llangan niqoblar nusxalari keltirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 143
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar