“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 02:14
ЎЗO‘Z

iPhone X kamerasi professional fotoapparat bilan taqqoslandi. Natijalar...

10 noya, 09:04 5 451 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
iPhone X kamerasi professional fotoapparat bilan taqqoslandi. Natijalar... iPhone X kamerasi video olish uchun yaratilgan Panasonic GH5 kamerasi bilan taqqoslandi. Smartfon bu “bellashuvda” ba’zi jihatlar bo‘yicha ortda qolganiga qaramay, o‘zini munosib ko‘rsatdi, deb yozadi Kun nashri.

iPhone X 12 Mp li ikkita kamera bilan jihozlangan. Ikkinchi kamera uzun fokusli ob’ektiv bilan birga ishlaydi, buning evaziga uni suratni optik kattalashtirish uchun qo‘llash mumkin. Birinchi marta iPhone modellari orasida ikkala kamera ham optik barqarorlashtirish tizimi bilan ta’minlandi, bu ayniqsa video olishda asqatadi. Yangi smartfon shuningdek 4K sifatda soniyasiga 60 ta kadr bilan suratga olishga “o‘rgatildi”.

Ushbu yangi imkoniyatlar unda olingan surat sifatini professional kameraniki bilan taqqoslashga kuchli undov bo‘ldi. YouTube’dagi Fstoppers kanali mualliflari bu maqsadda 20 Mp li ob’ektiv, optik barqarorlashtirgich va video olishda katta imkoniyatlarga ega Panasonic GH5 kamerasini olishdi.

iPhone X qorong‘ida suratga olishda professional kameraga yutqazdi. GH5 kamerasi smartfonga nisbatan megapikseli ko‘proq matritsaga ega. Matritsa qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik ko‘proq yorug‘lik qabul qiladi. Bundan surat ochroq chiqadi va unda kamroq “shovqinlar” bo‘ladi, shuning uchun professional kamerada yuqori ISO’ni o‘rnatish zarur emas.

iPhone X suratni kattalashtirishdagi detallashtirishda ham “bo‘shligi” ma’lum bo‘ldi. Smartfonning optik kattalashtirgichi ikki karra kattalashtirish bilan cheklanadi, so‘ngra esa dasturiy ishlov berish qo‘llanadi. Kamera esa suratni kattalashtirishda ob’ektivning fokus masofasi bilan cheklanadi. Smartfon, shuningdek, barqarorlashtirish tizimi borasida ham yutqazgan.

Kattalashtirish bilan suratga olish natijasi.

iPhone X yorug‘lanish yaxshi bo‘lganda yaxshi natija namoyish qilishi aniqlandi. Smartfon ayniqsa yorqin manzaralarni, ya’ni suratga olinayotgan ob’ekt ortida yorqin nurlanish bo‘lganda yaxshi natija berishi ma’lum bo‘ldi.

Quyida qurilmalarning suratga olish sifatini taqqoslash uchun ko‘proq suratlar keltirdi.







Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 139
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 292
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 524
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar