Xitoy OAVning yozishicha, «Apple» kompaniyasi «Foxconn» zavodlarida «iPhone»ni yig‘ish sifatidan norozi. Ilgari ularni qo‘lda yig‘ishardi, ammo Xitoy zavodi yaqinda robotlashtirilgan tizimga o‘tdi, Bu haqida «Iguides.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, «Apple» muhandislariga montaj ishlari davomida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar yoqmaydi. «Apple» xatolar darajasi minimum 0,02 millimetr bo‘lishini talab qiladi, robotlar esa 0,05 millimetrgacha xato qilishadi. Bundan tashqari, robotlar, odamlardan farqli ravishda faqatgina shuruplarni aylantirishdek oson ishlarni bajarishi mumkin.
«Foxconn» o‘z zavodlarida o‘zi yaratgan robotlardan foydalanadi. Ular «Foxbot» deb atalib, avtomobillar va motosikllar yig‘iladigan mexanizmlar asosida yaratilgan. Ular bajaradigan ishlardagi aniqlik jajji qurilmalarni yig‘ish uchun etarli emas.