“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:04
ЎЗO‘Z

Eng yangi josus-samolyotning ilk surat va videosi paydo bo‘ldi

12 okt, 21:03 7 710 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng yangi josus-samolyotning ilk surat va videosi paydo bo‘ldi Northrop Grumman kompaniyasi bugungi kunda Model 401 nomi bilan yuritiluvchi istiqbolli samolyotining ilk kadrlarini namoyish etdi. Videoda bo‘lg‘usi harbiy samolyotning ilk parvozi aks etgan, deyiladi Kun.uz nashrida.

Reaktiv samolyot 11 metr uzunlikka ega. Samolyot Pratt & Whitney JTD15D-5D dvigateli bilan ta’minlangan bo‘lib, 0,6 Max tezlikka erishishi va uch soat to‘xtamay parvoz qilishi mumkin.

Uning parvoz og‘irligi 3600 kilogrammni tashkil qiladi, bo‘m-bo‘sh samolyot og‘irligi esa ikki karra yengil - atigi 1800 kilogramm.

Rasmiy matbuot relizida yozilishicha, Model 401 ilg‘or, uncha qimmat bo‘lmagan texnologiyalarni namoyish qilish hamda AQSh hukumati manfaatlarini ko‘zlovchi tadqiqot pavrozlari uchun yaratilgan. Bunday samolyotning aynan qanday missiya uchun mo‘ljallangani borasida aniq ma’lumot berilmagan, biroq ekspertlar ikki omilga e’tibor qaratishmoqda.

Birinchisi - samolyotning o‘lchamlari va og‘irligi, samolyot zamonaviy uchar qurilmalardan ancha yengil, uni yengil avtomobil og‘irligiga qiyoslash mumkin.

Ikkinchisi - samolyotning tashqi ko‘rinishi va zamonaviy havo kemalariga o‘xshash fyuzelyaj hamda qanotlari shakli, ular nisbatan kamroq seziladigan texnologik xususiyatlarga ega. Ba’zi ekspertlar bu ishlanmaning General Atomics kompaniyasining Predator C Avenger stels-uchuvchisiz qurilmasi loyihasiga o‘xshashligini qayd etishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 78
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 108
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 156
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 299
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 61
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar