“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:09
ЎЗO‘Z

NASA olimlari Oyda suv zaxiralari qayerdan paydo bo‘lganini aniqladi

07 okt, 18:53 6 673 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
NASA olimlari Oyda suv zaxiralari qayerdan paydo bo‘lganini aniqladi Oyda topilgan yirik suv zaxiralari Yerning yo‘ldoshi o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan payti, ya’ni hayotining ilk lahzalarida to‘plangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda EPS Letters jurnalida chop etilgan maqolaga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Oy bazaltlari shakllana boshlaganda ular Oy yuzasiga yerdagi istalgan yirik ko‘lda bo‘ladigan miqdordagi kabi suvni chiqarib tashlagan. Bu suvning aksariyat qismi kosmosda bug‘lanib ketgan. Biroq uning atigi 0,1 foizi qolganida ham bu ko‘rsatkich Oy qutblaridagi suv zaxirasini izohlashga yetadi», — deydi NASA’ning kosmik parvozlar markazi vakili Debra Nidxem.

«Oydagi suvlar qayerdan paydo bo‘lgan va ular qayerda yashiringan?» kabi ikki muammoli savol olimlar o‘rtasida katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi.

Astronom olimlarning bir qismining taxmin qilishicha, bu suvlarning asosiy manbasi bo‘lib kometalar xizmat qilgan. Bir vaqtning o‘zida olimlarning boshqa guruhi suv zaxirasining manbasi sifatida asteroidlarni ko‘rsatadi. Qizig‘i, har bir nazariyaning o‘ziga xos isbotlari bor.

Ustiga-ustak, yaqinda olimlar Oy yuzasining barcha qismida yirik suv zaxiralarini topdi. Bu holat esa ularning bahsini yanada qizg‘in kechishiga olib keldi.

AQShning Tuson shahridagi Oy va sayyoralarni o‘rganish instituti xodimi Nidxem va uning hamkasbi Devid Kring esa Yer yo‘ldoshi shakllangan ilk kunlarda uning yuzasida nimalar yuz berganini o‘rganib, bu savolga javob topdi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 104
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar