“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:37
ЎЗO‘Z

Gadjetlarni to‘g‘ri quvvatlantirishni o‘rganamiz!

30 sen, 17:03 5 992 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gadjetlarni to‘g‘ri quvvatlantirishni o‘rganamiz! Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda qo‘l telefoni yoki noutbukdan foydalanmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Biroq, eng zamonaviy gadjetlarning ham bitta “minus”i bor. U ham bo‘lsa, gadjetlarning quvvati birpasda tugab qolishi. Zamonaviy gadjetlardagi akkumulyatorlar uzoq muddat davomida ishlashi ko‘p jihatdan o‘zimizga bog‘liq. Bunda ularni to‘g‘ri quvvatlantirish o‘ta muhim. Quyida ana shu xususda tavsiyalar beramiz...

Qurilmani muntazam ravishda quvvatlantirib turing
Gadjet akkumulyatori quvvati to‘laligicha tugab qolmasin. Litiy-ion akkumulyatorlarda xotira effekti mavjud emas, shuning uchun ham ular to‘laligicha o‘chib ulgurmasidanoq qayta quvvatlantirish zarur. Agar qurilmangiz akkumulyatori uzoq muddat sizga beminnat xizmat qilishini istasangiz, ularni 10-20 foizdan kamroq quvvati qolganida quvvatlantirishga qo‘ying.

Qurilmani o‘z vaqtida quvvatlantir­gichdan uzing
Gadjetingiz akkumulyator quvvati 50-80 foiz bo‘lsa, undan bemalol foydalanishda davom etishingiz mumkin. Gadjet sizga uzoq muddat xizmat qiladi. Agarda akkumulyator 100 foiz quvvatlangan bo‘lsa, uni o‘z vaqtida elektr tokidan uzing. Bu amal batareyaning uzoq muddat buzilmasligiga kafolat beradi. Ko‘pchilik telefoni yoki noutbukini kechasi quvvatlantirishga qo‘yib qo‘yadi. Bu noto‘g‘ri.

Bir oyda 3 marta qurilma quvvatini to‘laligicha ishlating va 100 foizga to‘ldiring
Uzoq muddat telefondagi to‘liq quvvat saqlanib turishi ham litiy-ionli akkumulyatorlar uchun zararlidir. Har doim 0% gacha tushib ketadigan quvvat ham xuddi shunday zarar keltiradi. Quvvatlantirish jarayonining betar­tib­li­gi(rozetkadan quvvat­lantirish, USB vositasida quvvatlantirish) sabab, mutaxascislar bir oyda 3 marta qurilma quvvatini to‘liq ishlatib, uni 100% quvvatlantirishni tavsiya qiladi.

Original quvvatlantiruvchi moslamadan foydalaning
Quvvatlantiruvchi moslama bevosita mobil telefonning ichida joylashganini, tashqi quvvatlantiruvchi uskuna esa maishiy elektr tarmoqdagi tokni unga to‘g‘rilab turishini ko‘p­chilik bilmasa kerak. Ya’ni quvvatlantiruvchi uskuna to‘g‘ridan-to‘g‘ri batareyaga ta’sir o‘tkazmaydi.

Ayrim gadjetlar, masalan, fotokameralar ichki quvvatlantiruvchi uskunaga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularning litiy-ionli akkumulyatorlaritashqi quvvatlantiruvchi moslamaga o‘rnatilgan bo‘ladi. Mana shunday hollarda qalbaki quvvatlantiruvchi moslamadan foydalanish gadjet batareyasi ish fao­liyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Batareya qizib ketishiga yo‘l qo‘ymang
Litiy-ionli batareyalarning eng ashaddiy dushmani yuqori harorat hisoblanadi. Qizib ketishni ular aslo ko‘tara olmaydi. Shuning uchun ham mobil uskunalarga quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishiga yo‘l qo‘ymang. Shuningdek, telefoningizni isitish tizimidan ham uzoqroqqa qo‘ying. Litiy-ionli akkumulyatorlarni ishlatish mumkin bo‘lgan maksimal havo harorati-40 °C darajadan +50 darajagacha.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi 18 мая, 16:20 32
  • iPhone va iPad'ni ko‘z bilan boshqarish imkoniyati taqdim etiladi 17 мая, 06:30 24
  • GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi 14 мая, 19:53 48
  • 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi 12 мая, 14:25 71
  • Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin 12 мая, 07:44 103
  • Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi 11 мая, 22:12 130
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar