“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:33
ЎЗO‘Z

Google va HTC bitimi fonida Apple aksiyalari narxi pasaymoqda

22 sen, 16:29 6 327 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Google va HTC bitimi fonida Apple aksiyalari narxi pasaymoqda Google korporatsiyasi HTC biznesining bir qismini xarid qilishi haqida e’lon qilganidan keyin Apple aksiyalari narxi pasaya boshladi. Bitim taxminan 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda «BusinessInsider»ga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Apple aksiyalari narxi 1,02 foizga - 154,38 dollarga pasaydi. Google aksiyalari esa, aksincha 0,38 foizga - 951,1 dollargacha oshdi.

UBS'ning Nyu-York fond birjasidagi savdo operatsiyalari bo‘yicha direktori Art Kashinning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Google'ning iPhone muvaffaqiyatiga ilk javobi bo‘lishi mumkin.

"Treyderlarning taxmin qilishicha, Google'ning yangi bitimi iPhone uchun salohiyatli tahdid bo‘lishi mumkin. Ular Google'ning supersamarali ovozli yordamchiga ega smartfon yaratib, Apple bilan raqobatga kirishishidan xavfsirashmoqda", - deya ta’kidlaydi Kashin.

Bitim shartlariga ko‘ra, HTC'ning yangi versiyadagi Pixel smartfoni ustida ishlayotgan taxminan 2 ming xodimi Google'ga o‘tadi. Amerika kompaniyasi shuningdek HTC'ning intellektual mulkiga noyob huquqlarga ega bo‘ladi.

Google o‘tgan yili ikki model - Pixel va Pixel XL smartfonlarini ishlab chiqarishni boshlagan. Smartfonlarning ikkinchi avlodi HTC bilan ishlab chiqiladi va 4 oktyabr kuni chiqariladi.

Yil boshidan buyon Google aksiyalari - 20,02 foizga, Apple aksiyalari narxi esa 33,29 foizga oshdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 132
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 241
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 509
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar