“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:44
ЎЗO‘Z

Axborot texnologiyalari vazirligi va Microsoft o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

21 sen, 15:32 7 066 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Axborot texnologiyalari vazirligi va Microsoft o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari ifodalangan hujjat O‘zbekiston hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jahonning nufuzli kompaniyalaridan biri bo‘lgan Microsoft bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘taradi, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sayti.

Hujjatda intellektual mulkni himoya qilishni kuchaytirish, O‘zbekistonda kiber xurujlarga qarshi tizimlarini mustahkamlash, axborot texnologiyalari va "bulutli" texnologiyalarda, shuningdek mobil ishlanmalar, ochiq ma’lumotlar hamda "salmoqli ma’lumot" (big data) ni tarqatish va qayti ishlashda, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, "internet buyumlari" uchun ishlanmalar tayyorlash yo‘nalishlarida innovatsiyalarni amalga oshirish kabi istiqbolli hamkorlik belgilab olindi.

Hamkorlik memorandumiga ko‘ra, aloqalar bosqichma-bosqich mustahkamlanib boradi va amalga oshiriladi. O‘zaro hamkorlik o‘rnatish shartlariga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan "bulutli" va mobil texnologiyalar bo‘yicha tajriba hamda bilimlarini o‘rtoqlashadi, startaplarni amalga oshirish va "bulutli" va mobil biznes-ishlanmalarni, ochiq va salmoqli ma’lumot tizimlarini yaratish, shuningdek IT-ko‘nikmalarni va kiber xurujlardan himoyalanish bo‘yicha tashkil qilinadigan mashg‘ulotlarni o‘tkazishda malakali ekspertlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar