“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:35
ЎЗO‘Z

Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin!

20 sen, 10:26 6 208 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi istalgan Android-smartfonni iPhone X’ga aylantirish mumkin! Bu yil smartfonlar olamida romsiz dizayn urfga kirdi, ular orasida iPhone X hamda Essential Phone modellarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Chunki bu ikki qurilma ekranining yuqori qismida dinamik, old kamera va boshqa sensorlar uchun «o‘yiq» joy ochilgan. Ammo endi istalgan Android-smartfon ekranini shu ko‘rinishga keltirish mumkin, deb yozadi neowin.net.

Agarda siz ham o‘zingizning Android qurilmangiz ekrani xuddi iPhone X’nikidek ko‘rinishini istasangiz, Smartphone upgrader 2017 ilovasi yordamida buni amalga oshirsangiz bo‘ladi. U ekranning burchaklarini dumaloqlashtiradi va tepa qismida, xuddi iPhone X yoki Essential Phone smartfonlaridagi kabi o‘yiq joy hosil qiladi.

«Ayfonlashtiruvchi» ilovaning sozlamalarida ekran burchaklarining dumaloqlik darajasini hamda tepa qismidagi o‘yiq o‘lchamini sozlash imkoni taqdim etiladi. Qora tusdagi hududlar barcha ilovalardan ustun tarzda aks ettiriladi (buning uchun ilovaga tegishli ruxsat taqdim etishingiz kerak bo‘ladi). Biroq holat qatoridagi belgichalar – ikonkalarni u yopib qo‘ymaydi.

Smartphone upgrader 2017 ilovasini Android-smartfoningizga mana bu yerdan ko‘chirib olib o‘rnatishingiz mumkin. Samarasi yaxshiroq aks etishi uchun uni old paneli qora, ekrani esa AMOLED-displey bo‘lgan qurilmalarda qo‘llash tavsiya etiladi.

Manba: «Terabayt»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 152
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar