“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 21:47
ЎЗO‘Z

Apple qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiruvchi "aqlli" soatlarini namoyish etdi

13 sen, 08:38 6 493 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiruvchi "aqlli" soatlarini namoyish etdi Apple kompaniyasi LTE'ni qo‘llab-quvvatlovchi Watch Series 3 nomli "aqlli" soatlarini taqdim etdi. Yangi soatlarda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoni mavjud. Kompaniyaning rasmiy saytida jonli ravishda uzatilayotgan yangi qurilmalar taqdimoti aynan smart-soatlar namoyishidan boshlandi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bugunga kelib Apple Watch jahon bozorida eng talabgor soatga aylangan.

Series 3 soatlariga sim-karta o‘rnatishga hojat yo‘q, LTE-tarmoq uchun maxsus o‘rnatilgan chip mas’ul bo‘ladi. Uning yangi protsessori esa soatning 70 foizga tez ishlashini ta’minlaydi.

Shuningdek taqdimotda ma’lum qilinishicha, bu soatlarda quloqchinlarda qo‘shiq eshitish imkoni yaratilgan.

Yangi "aqlli" soatlarda yurak faoliyatini kuzatish imkoni yaratildi. Muammo aniqlansa, Standford'ga bog‘lanib, ma’lumotlarni yo‘llash imkoni paydo bo‘ldi.

Kompaniya soatlarni uch xil rangda namoyish etdi. Shunisi diqqatga sazovorki, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun soatning maxsus versiyalari mavjud.

Ta’kidlash joizki, Series 3 soatlari ekologik toza mahsulotlardan yaratilgan.

Uyali aloqa xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi smart-soatlar narxi - 399 dollar (modul bilan) va 329 dollar (modulsiz).

Apple Watch Series 3 soatlariga 15 sentyabrdan buyurtma berish mumkin, sotuvlar esa 22 sentyabrda boshlanadi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 105
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 207
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 93
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 56
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 501
  • So'nggi yangiliklar
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 0
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 0
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 1
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 10
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • Bo‘limlar