“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:59
ЎЗO‘Z

Avtomobillar uchun bepul elektr toki olish g‘oyasi ilgari surilmoqda

09 sen, 18:31 7 461 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobillar uchun bepul elektr toki olish g‘oyasi ilgari surilmoqda Isroillik ixtirochilar transport yo‘llaridan ham elektr energiyasi olish mumkin, degan g‘oyani ilgari surishmoqda...

Hozirda mavjud elektr energiyasini tabiiy yo‘l bilan olish juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu bilan bog‘liq ko‘plab g‘oyalar ishlab chiqilmoqda, lekin mazkur loyiha arzon, sifatli va eng asosiysi xavfsizligi bilan boshqa shu kabi g‘oyalardan ajralib turadi. Maxsus tashkil etilgan avtotrans­port yo‘llaridan mashinalar harakatlanganda, bevosita bepul elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. Mashinalar serqatnov yo‘llarda esa bu imkoniyat yanada ko‘payadi. Qanday qilib deysizmi?

Bu g‘oyani amalga oshirish va hayotga tadbiq etish uchun Isroilda harakatlar boshlab yuborildi. Serqatnov yo‘llar yuzasi 25 sm. qalinlikdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi asfalt bilan qoplanmoqda. Bu ixtiro haqida g‘oya mualliflaridan biri Oren Ezer shunday deydi: — Bu g‘oya bilan biz bepul va har tomonlama xavfsiz elektr energiyasini olishga intilmoqdamiz. G‘oyamiz juda mukammal va maqsadli, deya olaman. Chunki mashinalar yerga qaysidir ma’noda bosim bilan harakatlanadi. Ana shu bosim va yer bilan ishqalanish natijasida maxsus qoplamada elektr energiyasi hosil bo‘ladi, bu esa bepul elektr energiyasini ishlab chiqarish degani.

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bitta markazga to‘planadi va uni iste’molchilarga tarqatiladi (aholiga, korxonalarga va boshqa...). Bu esa kelajakdagi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Manba: darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi 18 мая, 16:20 41
  • iPhone va iPad'ni ko‘z bilan boshqarish imkoniyati taqdim etiladi 17 мая, 06:30 24
  • GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi 14 мая, 19:53 51
  • 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi 12 мая, 14:25 71
  • Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin 12 мая, 07:44 103
  • Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi 11 мая, 22:12 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 6
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 5
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 40
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 42
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 24
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 86
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • Bo‘limlar