“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 19:09
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda naqdsiz yo‘lkira to‘lov xizmati kiritiladi

29 avg, 00:39 8 190 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda naqdsiz yo‘lkira to‘lov xizmati kiritiladi O‘zbekistonda jamoat transportidagi to‘lovga mo‘ljallangan Anor avtomatlashtirilgan tizim tayyor bo‘ldi. Sinovlar natijasiga ko‘ra loyihaning joriy etilish sanasi va muddati belgilanadi.

Tizim Singapurning Technobiz Transpay kompaniyasining platformasiga asoslanib tatbiq etiladi. Qayd etish lozimki, uning yaratilishida o‘zbek mutaxassislari ham ishtirok egan.
Yo‘lovchilar ikki turdagi transport kartalarini xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Bir martalik chipta va ko‘p martalik plastik kartalar.

Ularni metro kassalari, pochta va matbuot bo‘limlari, shaxsiy kompaniya tarmoqlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Umumiy hisobda, Toshkent bo‘ylab sotuv nuqtalari soni 2 mingdan oshadi.

Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar mobil NFC chiptalarini yaratgan. Bu bilan yo‘lovchi yo‘lkirani telefon orqali to‘lashi mumkin bo‘ladi, ya’ni ilova yordamida ular karta balansini to‘ldirib boradi.

Karta to‘lovining yana bir qulayligi – yo‘lovchi oqimini avtomat tarzda kuzatish, tahlil qilish, transport xizmatini optimizatsiya qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Shuningdek naqdsiz to‘lov davlat byudjetiga bo‘lgan bosimni kamaytirib, nisbatan qulay tariflarni belgilash hamda videokuzatuv va GPS monitoring tufayli jamoat transportida xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi.

—Anor to‘lov tizimi jamoat transporti tashkilotlariga daromadni kamida 35-40 mlrd so‘mga oshirishga yordam beradi, — deydi platformani ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Botir Orifjonov. — yo‘lovchilar harakatini aniqlovchi tizim ularning transportga kirib-chiqishini uzluksiz kuzatib boradi.

Avtomatlashtirilgan tizim loyihasi tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etilgan. Sinovlar natijasiga ko‘ra loyihaning joriy etilish sanasi va muddati belgilanadi.

Manba: kommersant.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 139
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 291
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 102
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 521
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 0
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 1
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 34
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • Bo‘limlar