“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:29
ЎЗO‘Z

Ilon Mask BMTdan jangovor robotlarni taqiqlashni talab qilmoqda

21 avg, 01:21 6 946 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilon Mask BMTdan jangovor robotlarni taqiqlashni talab qilmoqda Tesla rahbari Ilon Mask va DeepMind kompaniyasi asoschisi Mustafo Sulaymon avtonom qurolni ishlab chiqarish va undan foydalanishni taqiqlash zarurligi to‘g‘risidagi xatni imzolashdi. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ga yo‘llangan maktub shuningdek dunyoning 26 mamlakatidagi 114 nafar mutaxassis tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.

Maktub mualliflari jangovor robotlarning yaratilishi "uchinchi qurol inqilobi"ni keltirib chiqarishidan ogohlantirishdi va uni yadroviy qurol ixtirosiga qiyoslashdi.

"Shunday qilinsa, misli ko‘rilmagan ko‘lamdagi harbiy amaliyotlar boshlanadi, bu inson anglab etishga ulgurmaydigan darajada tezkorlik bilan rivojlanishi mumkin. Yangi turdagi qurol terrorchi yoki diktatorlar, shuningdek taqiqlangan maqsadlarda qo‘llashi mumkin bo‘lgan xakerlar qo‘liga tushishi mumkin", - deyiladi BMTga yo‘llangan maktubda.

The Guardian nashrida ta’kidlanishicha, 21 avgust kuni Melburnda Sun’iy intellektni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya (IJCAI) bo‘lib o‘tadi. U erda BMT vakillari ham qatnashishadi. Maktub mualliflari tashkilotdan avtonom qurolni kimyoviy qurollar qatorida taqiqlashni so‘rashdi.

Ta’kidlash joizki, Ilon Mask bunga qadar ham jangovor robotlarga qarshi chiqqan. 2015 yilda u Stiven Hoaking bilan birga BMTga avtonom qurolni taqiqlash talab qilingan maktubni yo‘llagan. 2017 yilning 25 iyulida esa sun’iy intellektning salohiyatli xavfi borasida Mark Sukerberg bilan bahslashdi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 86
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar