“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:43
ЎЗO‘Z

Nokia 8 flagmanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

17 avg, 13:18 8 082 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nokia 8 flagmanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi Nokia'ning uzoq kutilgan ilk kuchli flagmani bo‘lmish Nokia 8 smartfoni nihoyat taqdim qilindi. Devays 5.3 dyuymli va Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan Quad HD (har dyuymdi 554 belgi) displey, 8 yadroli kuchli Snapdragon 835 prosessoriga egaligi bilan o‘ziga xos.

Nokia 8 alyuminiy yaxlit hamda jilodor korpusga ega bo‘lgan.

O‘lchamlari: 151.5 x 73.7 x 7.9 mm.

Mobil aloqa vositasining tezkor xotira sig‘imi 4 (DDR4X), doimiy xotira esa 64 gigabaytli (UFS 2.1). Smartfon 256 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Nokia 8'ning ko‘k korpusli talqiniga 128 gigabaytli xotira o‘rnatiladi.

Nokia 8 Android 7.1.1 (Nougat) tizimida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, gadjetda Android xavfsizlik tizimi har oy yangilanadi.

Nokia 8 devaysining bosh kamerasi 13 megapikselli 2 ta sensordan iborat. Ular manzarani oq-qora va rangli ko‘rinishda, shuningdek keng burchak ostida muhrlaydi. Sensorlarning optik linza sig‘imi f/2.0 hajmli. Selfi suratlar uchun ham 13 megapikselli sensor tanlangan. Odatga ko‘ra, ularda ZEISS linzalaridan foydalanilgan.

Smartfon aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (MIMO), Bluetooth 5.0, GPS/ GLONASS, USB Type-C 3.1 Gen 1, NFC kabi tarmoqlarida ishlaydi. Uning quvvati uchun 3090 mA soat sig‘imli, Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega akkumulyator javobgar.

Narx-navo

Nokia 8 och va to‘q ko‘k, po‘lat rang, jilodor mis rang korpuslarda ishlab chiqariladi va sentyabrdan boshlab 599 evrodan sotuvga chiqariladi.

Manba: Terabayt.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 86
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar