“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:34
ЎЗO‘Z

Yirik operativkali eng kuchli smartfonlar - Top-5

16 avg, 12:07 9 960 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yirik operativkali eng kuchli smartfonlar - Top-5 Xitoyning eng yaxshi smartfonlarini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma yordamida joriy yilda taqdim qilingan, 6 gigabaytli tezkor xotiraga ega smartfonlar reytingi tuzildi.

Unga ko‘ra, Xiaomi Mi6 reytingda yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, mazkur smartfon diqqatga sazovor texnik jihatlarga ega. Shuningdek, uning yig‘ilishi pishiq va mustahkam.

smartfonning 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotira talqini $363 (2499 Yuan), 6 GB tezkor va 128 GBdoimiy talqini — $421 (2899 Yuan), hamda 6 GB / 128 GB xotirali maxsus «keramika» talqini $435 (2999 Yuan) AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

Ikkinchi o‘rinni Huawei Mate 9 Pro devaysi egallab turibdi. Uning doimiy xotira sig‘imi 128 GB. Smartfon diagonali 5,5 dyuymli AMOLED-displeyga ega bo‘lgani bilan o‘ziga xos. Shuningdek, gadjet nisbatan arzonligi bilan ko‘pchilikka manzur bo‘lgan.

Huawei Mate 9 Pro to‘liq metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri, 5,5 dyuymli QHD ekran, HiSilicon Kirin 960 prosessori bilan jihozlangan.

Xitoydagi do‘konlarda 6 GB operativ va 128 GB doimiy xotira ega bo‘lgan Huawei Mate 9 taxminan 800 AQSh dollari narxida taklif etilmoqda.

Yilning yirik operativkali eng kuchli smartfonlari qatorida 3-o‘rin Xiaomi Mi Note 2 (128Gb) gadjetiga nasib qilgan. Uning 22,5 megapikselli selfi-kamerasini ham ko‘pchilik e’tirof qilgan.

Devays 5,7 dyuymli displey, 6 gigabaytli operativ xotira hamda Snapdragon 821 prosessoriga ega bo‘lgan.

Mi Note 2’ning takomillashtirilgan talqini 600 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarilgan.

"Operativka" va nufuz "jangi"da 4- va 5-o‘rinlarni OnePlus 3T (64Gb) hamda ZTE Nubia Z17 mini smartfonlari qo‘lga kiritishdi.

OnePlus 3T 5,5 dyuymli Full HD aniqligidagi Optic AMOLED displey, (2.5D-shishali Corning Gorilla Glass 4 bilan), 16 MPli diafragmasi f/2.0 bo‘lgan asosiy Sony IMX298 sensor, 16 MPli old va barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. U sig‘imi 3400 mA/st bo‘lgan Dash Charge tezkor zaryadlash texnologiyasiga ega batareyadan quvvatlanadi.

OnePlus 3T narxi 64 GBli versiya uchun AQShda 439 dollarni tashkil etadi. 6/128 GBli versiya esa 479 dollarga taklif qilingan.

5.2 dyuymli Nubia Z17 mini’da 2 ta 13 megapikselli sensordan iborat bosh kamera, 16 megapikselli old kamera, 5.2 dyuymli Full HD displey, 64 GB doimiy xotira va barmoq izlari skaneri, 2930 mA soat sig‘imli akkumulyator mavjud.

Nubia Z17 mini “aqlli telefon”ining eng qimmat talqini 290 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 152
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar