“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 12:47
ЎЗO‘Z

Apple yangi iPhone 6 smartfonlari namoyish qilinadigan sanani e’lon qildi

28 avg, 20:30 7 237 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple yangi iPhone 6 smartfonlari namoyish qilinadigan sanani e’lon qildi Apple jurnalistlarga 9 sentyabrda bo‘lib o‘tadigan tadbirga taklifnoma tarqatdi. AQSh korporasiyasi deyarli shu tariqa yangi iPhone modeli va boshqa yangi qurilmalarning taqdimoti sanasini e’lon qildi.

Apple ikkita yangi iPhone modeli – iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlarini taqdim qiladi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Agentlik bunda AQSh korporasiyasi tomonidan San-Fransiskoda o‘tkaziladigan tadbirga taklifnomalar jo‘natilganiga asoslanmoqda.

O‘tgan haftada iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlari 18 sentyabrdan sotuvga chiqarilishi ma’lum bo‘lgandi. Smartfonlar dastlab AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyada sotuvga chiqariladi.

Xitoyning Daliulian ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘tgan haftada yangi iPhone’ deb iddao qilinayotgan smartfon surati paydo bo‘lgan edi, 26 avgustda esa dunyodagi eng yirik operator China Telecom’ning ijtimoiy media departamenti menejeri yangi qurilmaning ba’zi detallari haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, yangi iPhone 6S oldingilaridan tubdan farq qilmaydi.

Yangi smartfonlarda Apple A9 prosessori ishlatiladi, qurilma yaxshilangan kamera, 2 Gb tezkor xotira bilan butlanadi, ekranda esa Force Touch (tegish va bosish o‘rtasida farqni sezish) imkoniyati paydo bo‘ladi. Hozirda bu texnologiya Apple Watch soatlarida ishlatilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 32
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 81
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 112
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 156
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 299
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 14
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • Bo‘limlar