“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:33
ЎЗO‘Z

Xiaomi "aqlli" karnayni taqdim qildi

26 iyul, 23:40 4 317 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xiaomi "aqlli" karnayni taqdim qildi Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi AI Speaker deb nomlangan "aqlli" karnayni taqdim qildi. Qurilma narxi 299 yuanni (45 dollar) tashkil qiladi. Bu haqda TechCrunch nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Qurilma uchta dinamik (bitta asosda va ikkita yon tomonda) va 6 ta turli yo‘nalgan mikrofon bilan jihozlangan. Karnayni musiqa tinglash uchun va shaxsiy yordamchi sifatida qo‘llash mumkin: karnay musiqani striming xizmatlari orqali ijro etish, yangiliklar va ob-havo ma’lumotlarini o‘qish hamda foydalanuvchi taqvimidagi hodisalar haqida eslatib turishga qodir.

Bundan tashqari, karnayni Mi ekotizimining qolgan qurilmalari: Mi TV televizorlari, Mi Box pristavkalari, Mi Robot chang yutgichlari va boshqalarni boshqarish uchun qo‘llash mumkin. Kompaniya chetki dasturchilarni Mi AI Speaker uchun dasturlar yaratishga chorlagan.

Qurilma 2017 yil avgustdan sotuvga chiqariladi, birinchi bosqichda uni faqatgina Xitoyda sotib olish mumkin bo‘ladi. Kompaniya karnayni boshqa bozorlarga chiqarish niyati haqida hech narsa demagan.

Karnayning ilk ming xaridori uni bir yuanga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan keyin qurilma 299 yuan narx bilan sotila boshlanadi. Kompaniya bu aksiya hisobiga katta miqdorda xaridorlarni jalb qilmoqchi, bu esa karnayning foydalanuvchining ehtiyojlarini tushunish uchun yordamchi sifatida "saboq olishini" tezlashtiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 100
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar