“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:32
ЎЗO‘Z

Mutaxassislar eng istiqbolli texnologiyalarni sanab o‘tishdi

21 avg, 11:25 6 506 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mutaxassislar eng istiqbolli texnologiyalarni sanab o‘tishdi Gartner kompaniyasi tahlilchilari 2016 yil o‘rtasiga qadar texnologiyalarning rivojlanishi va istiqbollari reytingini e’lon qilishdi. Eng istiqbolli texnologiyalar qatoriga sun’iy intellekt, inson va kompyuter o‘rtasidagi aloqa, jumladan, nutqni tanish kiritildi. Tadqiqot natijalari kompaniya saytida e’lon qilindi, deb xabar yozadi Kun.uz.
2015 yilning eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan mavzulari haydovchisiz avtomobillar, aqlli uylar, nutq tanishdir.

Shuningdek, mashinalar ta’limi, ya’ni kompyuterning inson kabi o‘rganib borishi va o‘z tizimlarini rivojlantirib borishi eng yaxshi rivojlanayotgan soha deb topildi. Bunday tizim to‘la mukammallikka erishishi uchun 2-5 yil kerak bo‘ladi. Buyumlar interneti esa hali yaqin 5-10 yilda tor doirada qolishda davom etadi.
Taqiluvchi gadjetlar, jumladan, aqlli soatlar va fitnes-trekerlardan esa foydalanuvchilarning ko‘ngli to‘lmadi: ularning kamchiliklari hali juda ko‘p bo‘lib chiqdi. Shu bilan birga, 3D-printerlar, gadjetlarni imo-ishora bilan boshqarish va virtual reallik allaqachon kundalik hayotning bir qismi deb qabul qilinmoqda.

2016 yil bashoratlarida birinchi bor “aqlli chang” tilga olindi. Bu – mikroskopik robotlar yoki boshqa uskunalar guruhi bo‘lib, bir-biriga simsiz signal yuborgan holda ishlash qobiliyatiga ega. Bu texnologiya 10 yildan so‘ng bozordagi odatiy mahsulotga aylanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 142
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar