“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:27
ЎЗO‘Z

iPhone va iPad egalari diqqatiga: firibgarlar aldovning yangi yo‘lini topishdi!

18 iyul, 19:45 5 782 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
iPhone va iPad egalari diqqatiga: firibgarlar aldovning yangi yo‘lini topishdi! ESET kompaniyasi iOS-qurilmalar foydalanuvchilarini firibgarlikning yangi usuli topilganligidan ogohlantirdi. Kiberjinoyatchilar iTunes’dagi aslida amalga oshirilmagan xarid haqida xabarlar tarqatishadi hamda bank kartalari ma’lumotlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ib olishadi. Bu to‘g‘rida MacDigger saytiga tayanib Terabayt.uz xabar berdi.

Bunda potensial qurbonga onlayn-do‘kon nomidan elektron maktub keladi; unda shu foydalanuvchining Apple ID akkaunti boshqa bir qurilmada Riannaning musiqiy albomini xarid qilish uchun ishlatilganligi xabar qilingan bo‘ladi. Mazkur xaridni tasdiqlash uchun shu xabarga e’tibor bermaslik, xaridni rad etish uchun esa keltirilgan havola bo‘yicha o‘tib, tranzaksiyani bekor qilish taklif etiladi.

Foydalanuvchi aksariyat hollarda xat matnidagi grammatik xatolarga hamda uni yuboruvchining manzili Apple’ga umuman aloqador emasligiga qarab o‘tirmaydi. U xaridni bekor qilishga shoshiladi va firibgarlarga ishonib, havola bo‘yicha fishing saytiga o‘tadi. U erga o‘tganlardan esa o‘z Apple ID hamda uning parolini kiritish so‘raladi. Shuningdek, «o‘z shaxsini tasdiqlash uchun» anketani (FIO, telefon, pochta manzili, tug‘ilgan sanasi, bank kartalari ma’lumotlari) to‘ldirishlari ham talab etiladi.

Sahifada tegishli maydonchalarga kerakli ma’lumotlar kiritilgach, akkaunt tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risida xabar paydo bo‘ladi. Keyin foydalanuvchini haqiqiy iTunes Store bosh sahifasiga yo‘llashadi, uning shaxsiy ma’lumotlari esa allaqachon firibgarlarning qo‘liga o‘tib bo‘lgan bo‘ladi.

Mutaxassislar spam-tarqatmalarga e’tibor bermaslikni hamda antispam va antifishing funksiyalari ham mavjud bo‘lgan majmuaviy antivirus mahsulotlaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fishing haqida mana bu maqolamizda, antiviruslarning vazifasiga ko‘ra turlari xususida mana bu erda, Android uchun eng zo‘r antiviruslar to‘g‘risida esa mana bu joyda ma’lumotlar berganmiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 115
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 210
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 93
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 56
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 502
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar