“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 18:18
ЎЗO‘Z

Stratfor: Rossiya va Xitoy internetning g‘arbcha konsepsiyasini shubha ostiga qo‘ymoqda

16 avg, 19:59 6 448 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Stratfor: Rossiya va Xitoy internetning g‘arbcha konsepsiyasini shubha ostiga qo‘ymoqda Rossiya va Xitoy yagona jabhadan turib internetning g‘arbcha konsepsiyasini shubha ostiga qo‘ymoqda. Bu haqda AQShning Stratfor razvedka va tahlil kompaniyasi bayonoti bergan malumotga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan internet dunyosi chegaralarga bog‘lanmagan, ammo tarmoq infrastrukturasi geografiya bilan uzviy bog‘liqdir. Geosiyosat tabiiy ravishda internet tomonlariga ta’sir o‘tkazadi.

Internet arxitekturasi va uni nazorat qilish usullari AQShda shakllanganiga qaramay, internet rivojlanishining yagona yo‘nalishini belgilab beruvchi organ mavjud emas. Tarmoqning bugungi konstruksiyasida G‘arb texnologiyalari va kompaniyalari ustunlik qilmoqda, AQSh hukumati esa tarmoq manzillarini boshqarish singari bir qator muhim funksiyalarga ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda.

Shu bois Rossiya va Xitoy tarmoq xavfsizligi masalasiga jiddiy e’tibo qaratmoqda. ShHT va BRIKS doirasida ushbu davlatlar AQShning nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki virtual hukmronligiga qarshi harakat qilmoqda.

1 sentyabrdan Rossiyada rossiyaliklarning mamlakat tashqarisida joylashgan serverlaridagi ma’lumotlar bazalari lokalizasiyasi haqidagi qonun kuchga kiradi. Bu Google, Facebook, Twitter singari kompaniyalarni Rossiya hududida axborotni qayta ishlash markazlarini barpo etishga undaydi. Xitoy esa bu borada yanada qattiqroq yo‘l tutib, o‘z muqobil dasturlarini ilgari surmoqda.

Snouden va Assanjlar amalga oshirgan ishlardan so‘ng Rossiya bilan Xitoy taklif qilinayotgan yo‘l G‘arb davlatlariga ham ma’qul kelmoqda, deb hisoblaydi mutaxassislar. Bu axborotni boshqarish va nazorat qilish ishini bir qadar osonlashtiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 49
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 87
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 161
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 26
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 27
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 224
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 112
  • Bo‘limlar