“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:57
ЎЗO‘Z

Video: 1000 ot kuchiga ega elektrokar soatiga 380 km tezlikka erishdi

11 iyul, 16:20 7 116 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Video: 1000 ot kuchiga ega elektrokar soatiga 380 km tezlikka erishdi Elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Lucid Motors kompaniyasi 1000 ot kuchiga Air elektrokarining soatiga 377,29 km tezlikka erishgani qayd etilgan videoni namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchi aprel oyida ushbu avtomobilning soatiga 350 kmga chiqqanini ko‘rsatgan edi. Biroq, o‘shanda tezlik dasturiy ta’minot vositasida cheklangani ma’lum bo‘ldi. Yangi natija ushbu avtomobilning haqiqiy eng yuqori tezligidir.

Sinov jarayoni Ohayo shtatidagi maxsus aylana tezlik yo‘lida bo‘lib o‘tgan. Unda test prototipidan foydalanilgan.

Lucid Motors kompaniyasida ta’kidlashlaricha, yuqori natijaga qaramay, bu seriyali avtomobil ega bo‘ladigan yakuniy eng yuqori tezlik emas. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi qanday tezlik birligini eng yuqori natija sifatida qayd eitishi ham noma’lum.

Lucid Air elektrokari o‘tgan yilda namoyish qilingan edi. 4 eshikli mashinaga jami 1000 ot kuchli 2ta elektromotor o‘rnatilgan. U soatiga 100 km tezlikka 2,5 soniyada erishadi. Avvalroq, avtomobilning eng yuqori tezligi soatiga 315 kmni tashkil etishi xabar qilingan edi.

Seriyali avtomobilga 2 to‘plam akkumulyator o‘rnatiladi. Ularning hajmi 100 yoki 130 kVt*soatni tashkil etadi. Avtomobil bir marta quvvatlangach, 640 kilometrlik masofani ortda qoldira oladi.

Lucid Air kelasi yildan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning narxi 100-160 ming dollar bo‘lishi taxmin qilinayapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 233
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 509
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar