“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:23
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda “Pejo Sitroen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi

16 мая, 18:05 8 978 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda “Pejo Sitroen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi “O‘zavtosanoat” AK va “Pejo Sitroen” Gruppasi o‘rtasida O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Yangi «UzbekistanPeugeotCitroyonAutomotiv» QKsi “Pejo Sitroen” Guruhi va “O‘zavtosanoat” AK tomonidan barpo qilinmoqda. Hujjatga ko‘ra yangi korxona “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, Toshkendan 200 km uzoqlikdagi hududda quriladi. Zavod “Peugeot” va “Citroyon” brendlari ostida yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Ustav kapitali 30 mln. evroga teng qo‘shma korxona har ikki tomonning teng ulushi asosida faoliyat yuritadi. Loyiha bo‘yicha umumiy investisiya qariyb 130 mln. evroga teng.

“Pejo Sitroen” Guruhi yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini joriy qilishda va mutaxassislar malakasini oshirishda ko‘mak ko‘rsatadi. Zavod ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulot sifati, etkazib berish va savdo masalalarida “Pejo Sitroen”ning zamonaviy tizimi bo‘yicha ish olib boradi. Shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni jalb qilish yo‘li bilan birinchi yilning o‘zidayoq yangi qo‘shma korxonada 50 foizga mahalliy mahsulotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda “O‘zavtosanoat” AK tarkibida 30 ga yaqin yirik zavodlar va 160 dan ortiq o‘rta va kichik korxonalar aynan mahalliylashtirish dasturi asosida ish olib boradi.

Qurilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma korxonada yiliga 16 000 ta avtomobil ishlab chiqariladi. Ularni O‘zbekistonda, shuningdek, uzoq va yaqin xorij davlatlaridagi eksport bozorlarida sotish rejalashtirilmoqda.

32 millionlik aholi soniga ega O‘zbekistonda sanoatni va avtomobil bozorini rivojlantirish uchun etarlicha salohiyat va imkoniyat bor.

“Engil tijorat avtomobillari segmenti O‘zbekistonda o‘zlashtirilmagan yagona transport vositasining turi edi”,- deya ta’kidladi “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisining o‘rinbosari Rustam Yusupov. “Ushbu loyihaning tadbiq etilishi mahalliy avtomobil sanoati rivojida yana bir dadil qadam bo‘ladi. Aholi bandligini ta’minlashga hizmat qiluvchi yangi qo‘shma korxona O‘zbekiston sanoatining yanada rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shadi”.

“Ushbu loyiha bizning 5 yillikka mo‘ljallangan taraqqiyot Dasturimizga to‘la mos keladi va bu “Pejo Sitroen” Guruhi uchun yengil tijorat avtomobillarining savdosini rivojlantirish va hududiy kengayish uchun yana bir katta imkoniyatdir. Biz qo‘shma korxona tashkil etilishida asosiy faktor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan qo‘llab-quvvatlashlarini hamda o‘zbek hamkorlarimiz bilan konstruktiv muloqotni juda yuqori baholaymiz”- deya e’tirof etdi “Pejo Sitroen” Guruhi Vise-prezidenti Kristof Berjeran.

Ma’lumot uchun, “O‘zavtosanoat” AK 1994 yilning 17 mart sanasida tashkil etilgan. Hozirda AKsi tarkibida 75ta yirik va o‘rta korxona hamda kompaniyalar, jumladan, Janubiy Koreya, Turkiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya, AQSh va MDH davlatlari texnologiyasi va sarmoyasi asosidagi kompaniyalar mavjud. AJning asosiy faoliyat doirasi – yengil avtomobillar, avtobuslar, yuk tashuvchi avtomobillar va butlovchi qismlar ishlab chiqarish. Kompaniyada 24 mingdan ziyod xodim ishlaydi, ulardan 5 ming nafari jahonning etakchi sanoat kompaniyalarida malaka oshirgan.

“Pejo Sitroen” Guruhi uch markadagi avtomobillarni ishlab chiqaradi - Peugeot, Citroën i DS. Shuningdek, avtomobil ishqibozlarining tobora o‘zgarib borayotgan talab va ehtiyojlarini hisobga olgan xolda keng ko‘lamda Free2Move markasi ostida mobil va intellektual hizmatlarni ko‘rsatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 85
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 160
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 303
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar