“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:47
ЎЗO‘Z

Yangicha Malibu ishlab chiqariladi (Foto)

27 apr, 23:09 13 465 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangicha Malibu ishlab chiqariladi (Foto) GM Uzbekistan kompaniyasi to‘liq yangilangan Chevrolet Malibu bizness-klass sedanini ishlab chiqara boshladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

SKD texnologiyasi bo‘yicha avtomobil yig‘ish GM Uzbekistan’ning Toshkentdagi filialida amalga oshiriladi.
Mashina yanada tejamkor va texnologik bo‘lishdan tashqari, xavfsizlik va qulaylik ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada oshirildi.
Yangi model butkul boshqacha ichki va tashqi ko‘rinishi, zamonaviy texnik ishlanmalar bilan ta’minlangani bilan farqlanadi.

Avtomobil 186 ot kuchiga teng 2,5 l hajmli dvigatel, yonilg‘i sarfining 100 km ga 10,8 l gacha kamaytirilishini ta’minlovchi 6 bosqichli yangi avlod avtomat transmissiya bilan jihozlangan.
Haydovchi va yo‘lovchilarni himoyalash tizimi takomillashtirilgan — mashina 8 ta xavfsizlik yostiqchasi (jumladan shiftda va orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun), barqaror kurs va antibuksir tizimlari bilan ta’minlangan.

Ergonomika va elektron tizimlar funksionalligi yaxshilangan, markaziy konsol 7 dyuym diagonalli tachskrin ekranga ega MyLink ko‘ngilochar-axborot majmuasi mavjud. Salondagi shovqinni kamaytirish tizimi belgilangan me’yorlar oshgan taqdirda elektron boshqaruv bloki signallarining avtomat ravishda yutilishini ta’minlaydi.

Avtomobilni kalitsiz masofadan boshqarish (dvigatelni yoqish va o‘chirish, eshiklar va yukxona bo‘limini masofadan ochish va qulflash), rul chambaragini ikki nafar haydovchi uchun belgilangan harorat mezonlarini saqlab qolish xususiyatiga ega qizdirish imkoniyati mavjud.
O‘zbekiston bozorida mashina to‘rt rangda chiqariladi: marvaridli oq, tutunli oq, to‘q kulrang va qora.

Kompaniyadan ma’lum qilinishicha, avtomobillar uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatda etkazib beriladi. Avtomobil narxi, ishlab chiqaruvchi saytidagima’lumotlarga ko‘ra, 210 mln so‘mni (xalqaro plastik karta bo‘yicha hisob-kitobda — 110,852 mln so‘m)ni tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 30
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 81
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 109
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 156
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 299
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar