“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

Janubiy Koreya nemis mashinalarini Germaniyaga qaytarmoqda

20 apr, 07:19 6 892 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Janubiy Koreya nemis mashinalarini Germaniyaga qaytarmoqda Janubiy Koreya 2,5 mingta Audi va Volkswagen mashinalarini ortga – Germaniyaga jo‘natmoqda. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda. Qaytariladigan mashinalar "dizel mojarosi" sababli mamlakatda sotilishi taqiqlangan mashinalardir.

Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillar 2016 yildan beri Pxyontxek portida turibdi. Hozirda u erda nemis brendlariga qarashli 10 mingtadan ko‘proq avtomobil bor. Ayni vaqtda 1,3 mingta Audi va Volkswagen mashinalari Germaniyaga qaytarilgan, qolgan 1,2 mingta mashina aprel oxirida qaytariladi.

Janubiy Koreyada o‘tgan yil oxirida Volkswagen avtomobillari sotilishi to‘xtatilgan. Janubiy Koreya hukumati 80 model va ularning modifikasiyalari sertifikatlarini bekor qilgan va nemis kompaniyasidan 1,7 mlrd von (16,06 mln dollar) miqdorida jarima to‘lashni talab qilgan. Umumiy holda 200 mingdan ko‘proq mashina sertifikatlashtirishdan mahrum bo‘lgan.

Umumiy hisobda "dizel mojarosi" butun dunyo bo‘ylab 11 mln ta mashinaga ta’sir qilgan. Nemis kompaniyasining AQShda mojaro oqibatlarini bartaraf etish sarf- xarajatlari 15 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 143
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar