“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 04:56
ЎЗO‘Z

Oraz Abdurazakov – Beeline‘ning tashqi aloqalari va kommunikasiyalari direktori

18 apr, 16:23 8 818 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oraz Abdurazakov – Beeline‘ning tashqi aloqalari va kommunikasiyalari direktori Beeline Oraz Abdurazakov Unitel MChJ tashqi aloqalari va kommunikasiyalari direktori lavozimiga tayinlangani haqida e’lon qiladi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmirtiy Shukov shunday dedi: “Tashqi aloqalar va kommunikasiyalar direksiyasi — biznesni rivojlantirishda korporativ kommunikasiyalar muhimligi o‘sib borishini nazarga olgan holda, kompaniyani muhim auditoriyalar bilan o‘zaro aloqa qilish tizimini takomillashtirish doirasida joriy qilingan Beeline‘ning yangi bo‘limidir. Aynan Oraz Abdurazakov so‘ngi yillar mobaynida strategiyamizning kommunikasion tarkibini yangi sifatli darajaga olib chiqdi, shuning uchun Unitel‘ning yangilangan tashkiliy tizimida jamoatchilik bilan aloqalardan tashqari Beeline‘ning ijtimoiy sarmoyalari bo‘limi va Government Relations bo‘yicha faoliyat uning rahbarligiga o‘tadi. Ishonamanki, Orazning ish qobiliyati va tajribasi kompaniya o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarishga yordam beradi”.

Unitel MChJ Tashqi aloqalar va kommunikasiyalar direksiyasiga rahbarlik qilish bilan bir qatorda Oraz Abdurazakov Buzton QK bosh direktori lavozimini ham saqlab qoladi.

«VEON kompaniyalar guruhi transformasiya bosqichiga o‘tmoqda, va bu nafaqat digital sohasiga yo‘naltirilgan biznesga o‘tishni, balki boshqaruv modelini zamonaviylashtirishni ham anglatadi, – deydi Dmitriy Shukov. – PR, GR va CSR-xizmatlarini birlashtirish nafaqat korporativ kommunikasiyalarga bo‘lgan yondashuvni bir shaklga keltiradi, balki resurslarni oqilona taqsimash va faoliyat samaradorligini oshirishga ko‘mak beradi».

Oraz Abdurazakov 1981 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 2001 yili Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini «Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2005 yilda «Bosma OAV auditoriyasi monitoringi» mavzusidagi dissertasiyani yoqlab O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika magistri darajasini olgan, 2014 yilda esa London School of Public Relations a’lo darajali diplomini qo‘lga kiritdi.

2001 yildan 2002 yilgacha korxonaning ichki va tashqi kommunikasiyalariga javob berib «Algoritm» OAJ bosh direktorining yordamchisi bo‘lib ishlagan. Samsung Electronics, Fujitsu-Siemens va Roison Electronics bilan axborot hamkorlikni nazorat qilgan.

2002 yilda Oraz «Iqtisod va huquq Dunyosi nashriyot uyi» mediaxoldingiga qo‘shildi, u erda «PressTIJ-TV» gazetasining muxbiridan bosh muharririgacha ko‘tarilgan. 2005 yilning avgust oyida «Iqtisod va huquq dunyosi» YoAJ NU direktor o‘rinbosari lavozimini egallagan. Uning mas’uliyatiga nashriyot faoliyatining ijodiy qismi, nashrdan avvalgi jarayonlarning nazorati va poligrafik ishlab chiqarish, shuningdek yangi bosma va onlayn-loyihalarni ishlash kirgan.

2008 yilda – Meran Media reklama agentligining bosh direktori. 2008 yilning 22 dekabr kunidan Oraz Abdurazakov O‘zbekistondagi Beeline‘ning PR-yo‘nalishiga boshchilik qildi. 2014 yilning avgust oyidan Buzton QK bosh direktori lavozimi egallab kelmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 85
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 160
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 303
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 109
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar